Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet410/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Hind huquqiy tizimi. Ikki ming yillik tarixga ega bo‘lgan bu huquq 
tizimi hozir ham o‘zining tartibga soluvchi ta’sir kuchiga ega. Hind huquqining 
bunday uzoq muddat davomida saqlanib qolishining asosiy sababi, uning jamoa 
va varnaviy-kastaviy tabaqalanishi hamda din bilan birikib ketganligidir. Ikki 
ming yillik tarixda yaratilgan qadimiy vedalar – hind diniy qo‘shiqlar to‘plami, 
ibodatlar, madhiyalarda, alohida misralarda yurish-turish va axloq qoidalari 
ifodalangan. Bular huquq manbayi sifatida kamroq ta’sir ko‘rsatadi.
Musulmon dunyosida bo‘lgani kabi XI–XII asrda asta-sekinlik bilan 
shakllangan hind huquqiy maktablari uch muhim masala: meros huquqi, yagona 
oiladagi alohida a’zolar mulkining huquqiy tartibi, oila mulkining taqsimlanishini 
hal qilishga turlichi yondashuvlari bilan farq qiladi.
Hind huquqida ham musulmon huquqi kabi maktablar ikkiga 
dayabaa 
va 
mitaksharaga bo‘linadi. Bundan tashqari, hind huquqida ayrim mintaqa, 
kasta, urug‘ yoki oilada qadimdan saqlanib kelayotgan odat huquqining 
manbayi sifatida qaralishi mumkinligi tan olingan. Ularda kohin yuristlari 
mavjud. 1955-yilda «Nikoh huquqi to‘g‘risida»gi, 1956-yilda uchta «Voyaga yet-


409
XIX bob.
 Hozirgi dunyo
huquqiy tizimlari
maganlar va vasiylik to‘g‘risida»gi, «Meros haqida»gi va «Farzandlikka olish 
va oila a’zolarini boqqanlik uchun to‘lov to‘g‘risida» gi qonunlar kuchga kirdi.
«Hind huquqi» bo‘yicha yuridik ma’lumotnomalarda, qoida tariqasida, 
«shaxsiy huquqqa» taalluqli bo‘lmaganligi uchun tabaqalanish masalasi yori-
tilmaydi. Mamlakatda «tabaqa institutlari» va «tabaqa avtonomiyasi» haqida 
gapirish qabul qilingan. Bular Hindiston Konstitutsiyasining 26-moddasida 
mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra: «har qanday diniy oqim, mazhab, agar 
u jamoat tartibiga, axloqqa, sog‘liqni saqlashga xilof bo‘lmasa: a) diniy yoki 
xayr-ehson maqsadida muassasalar tuzish va saqlash; b) diniy masalalarda 
boshqaruvni amalga oshirish huquqiga ega». Bunda shunday ma’no borki, 
kasta diniy aqidalarni buzgan a’zolariga jazo belgilashi mumkin. Agar kelish-
movchilik diniy xususiyatga ega bo‘lsa, unda tartibbuzar bo‘ysunishdan voz 
kechganligi uchun jamoadan haydalishi mumkin.
Binobarin, kasta ibodat qilish, ovqatlanish, nikoh va sig‘inishning boshqa 
masalalariga taalluqli ichki tartibni saqlashi mumkin. Sud kasta qoidalari-
ni qayta ko‘rishi mumkin emas, u ushbu qoidalarga rioya qilinishi va to‘g‘ri 
qo‘llanilishini kuzatish huquqigagina ega. Agar kastalar qarori mazmunan 
milliy sudlov tartibiga qarshi chiqsa, sud uni belgilasa, bekor qilishi mum-
kin. Shunday qilib, «hind huquqi» deganda, hindlarning qonunlarida va (ma-
salan, Birma, Malayziya, Singapurda hali amalda bo‘lgan) odatlarida shaklan, 
o‘zgargan shaxsiy huquqlari tushuniladi. Hind huquqi huquq tarmog‘i sifatida 
Hindistonda, shuningdek, yuqorida eslatib o‘tilgan mamlakatlarda, bundan 
tashqari, qonunlarda o‘zgargan shaklda Sharqiy Afrika mamlakatlari (Keniya, 
Uganda)da ham bevosita yoki bilvosita qo‘llanilmoqda
1
.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling