Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
405
XIX bob. Hozirgi dunyo huquqiy tizimlari presedentiga kamroq suyaniladi, lekin bu presedentlarning nufuzi pasayishini anglatmaydi. Musulmon huquq oilasi. Musulmon huquqi VIII asrlarda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan bo‘lib, hozirda Saudiya Arabistoni, Sudan, Livan, Misr, Eron, Arabiston yarim oroli va fors ko‘rfazlari mamlakatlarida amalda qo‘llanilmoqda. Ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, islom dini o‘z mazmuniga ko‘ra, birinchidan, musulmon kishi nimalarga e’tiqod qilishi va nimalardan o‘zini tiyishi lozimligini belgilovchi ilohiy aqidadan iborat; ikkinchidan, musul- mon qanday amallarni bajarishi va qanday xatti-harakatlardan tiyilishi lozimli- gi haqidagi qoidalardan iborat. Islom dinida bunday ko‘rsatmalarning yig‘indisi «shariat» («haq yo‘l» ma’nosini anglatadi) deb nomlanib, u aslida musulmon huquqidir. Shariat ikki qismdan – diniy, ya’ni e’tiqod qoidalari (aqida)dan va huquq (fiqh)dan iborat. Fiqh, ya’ni musulmon huquqi ikki qismga bo‘linadi: birinchisi (muoma- lat) musulmonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, ikkinchisi esa, (ibodat) musulmonning Alloh oldidagi majburiyatini belgilaydi. Bu ikkala qism huquqiy maktablar tomonidan qanday belgilangan va o‘rganilgan bo‘lsa, xuddi shunday ko‘rinishda yuridik fanlar predmetini tashkil qiladi. Fiqhning asosiy vazifasi musulmon davlati qonunchiligi bilan uning birlamchi manbalari orasidagi uzviy bog‘liqlikni saqlab qolishdir. Musulmon huquqi fanlari bilan dunyoviy yuridik fanlar o‘rtasidagi farq shundaki, musulmon huquqiy tizimi Qur’ondan boshlanib, huquqni insoniyat aql-idroki va ijtimoiy shart-sharoitning mahsuli deb emas, balki Alloh tomonidan berilgan tuhfa, marhamat deb hisoblaydi. Islom dunyoviy dinlar ichida eng yoshi bo‘lsa-da, juda keng tarqalgan. Turli hisob-kitoblarga qaraganda, dunyoda 750 milliondan 1 milliardgacha ki- shi Islom diniga e’tiqod qilar ekan. Ular 51 davlatda ko‘pchilikni yoki aholining katta qismini tashkil qiladi. Biroq, musulmon huquqining amal qilish doirasi musulmon aholisi bor mamlakatlarning jo‘g‘rofiy chegaralariga mos tushmaydi. Islomga din sifatida e’tiqod qiluvchi, lekin musulmon huquqini qabul qilmagan millatlar va etnik guruhlar ham mavjud 1 . Musulmon huquqiy fanlari asosini kazuistik uslub tashkil qiladi. U «ilm- al-furu» yoki ishlarni hal qilish (masa’il) nomi bilan tanilgan. Sunniylar va shia- lar hamma maktablari tarmoqlarining boshida ta’limotlari tan olingan – Madina maktabi va Iroq maktablari turadi. Ushbu qadimgi maktablar o‘z nazoratidagi hududlarda ildiz otib, oddiy huquqdan foydalanib, uni yangi dinlarning ehti- 1 Qаrаng: Теория государства и права / Под ред.проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 606-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling