Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Lotin Amerikasi davlatlari huquqiy tizimi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skandinaviya xalqlarining huquq tizimi.
Lotin Amerikasi davlatlari huquqiy tizimi. Bu davlatlarning huquqi
o‘z asosiga ko‘ra kodekslashtirilgan. Hozirda Yevropanikiga o‘xshash kodeks- lar mavjudligi uchun Lotin Amerikasi davlatlari huquqiy tizimlarini roman- german huquqiy tizimiga yaqin, deb hisoblanadi. Boshqa o‘xshash tomonlari yo‘q. Masalan, ularda huquq normalari yo‘q. Odat huquqining Lotin Amerikasi huquqining manbayi sifatidagi roli davlatdan-davlatga o‘tgan sayin o‘zgarib bor- gan. Argentinada u ancha ko‘p, Urugvayda, aksincha, oz. Lekin umuman bu yordamchi huquq manbayidir. Yevropa qit’asida u qonunda ko‘rsatilgan hollarda ishlatiladi. Lotin Amerikasining to‘rtta davlati: Argentina, Braziliya, Venesuela va Meksika federativ davlatlar hisoblanadi. Ularning huquq tizimida federativ qonunchilikning tarkibi amal qiladi. Lotin Amerikasi davlatlarining konstitutsi- 408 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi yalari amerikacha boshqaruv shakli, prezidentlik respublikasi va boshqa holat- larni o‘zlashtirgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, AQShdan farq qilib, Lotin Amerikasi davlatlari uchun konstitutsiyaviy barqarorlik to‘la xos emas. Masa- lan, Venesuelada 168 yil ichida, ya’ni birinchi Konstitutsiya qabul qilingan vaqt ichida 20 ta, Boliviyada esa, 152 yil ichida 21 ta Konstitutsiya qabul qilingan. Lotin Amerikasi davlatlari sud tizimini AQSh tajribasidan olib shakllantirgan, lekin AQShdan farqli ravishda ularda sud amaliyoti huquq hisoblanadi. Skandinaviya xalqlarining huquq tizimi. Skandinaviyaning Shvetsiya, Norvegiya, Daniya va Finlandiya davlatlari mazkur huquq tizimiga rioya qiladi- lar. Rim huquqi boshqa huquq tizimiga nisbatan Skandinaviya huquq tizimida kam o‘rin tutadi. Skadinaviya davlatlarida Fransiyaning fuqarolik kodeksi yoki german fuqarolik tuzuklari kabi kodekslar mavjud emas va bo‘lmagan ham. Ularda sud amaliyoti Yevropa qit’asi mamlakatlariga nisbatan muhim o‘rin tut- gan. 1683-yilda Daniyada qabul qilingan «qirol Kristian V kodeksi» (u 1687-yil- da Norvegiyada «Norvegiya huquqi» nomi bilan amal qilgan) va 1734-yilgi «Shved davlatlari qonunlari kodeksi» kabi ikki qonunchilik hujjati, ikki kodeks Skandinaviya huquqining shakllanishida boshlang‘ich nuqta bo‘lgan. Kodifikatsiyalangan qonunchilik Skandinaviya huquqining katta qismi bo‘lmagan. Masalan, Norvegiya va Daniya sud amaliyotining huquq manbayi sifatidagi katta ahamiyatini ko‘rsatuvchi aniq yondashuv kuzatiladi. Shvetsi- yada ham sud amaliyoti katta o‘rin tutgan. Bu bevosita roman-german huquqi- dan umumiy huquqqa yondashuvni olib keladi. Bu mintaqa davlatlari bir-biriga ijtimoiy, madaniy jihatdan birlashib ketgan. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling