Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet397/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

396
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
tizim doirasida shakllangan yuridik texnika, huquqiy tizimning prinsiplari va 
boshqalar qabul qilinishi mumkin
1
. Qiyosiy huquqshunoslikda va maxsus yuri-
dik adabiyotlarda shakllangan ta’rifga binoan,
 huquqiy oila deganda, turli 
xususiyat va belgilarning umumiyligi asosida ajraluvchi hamda farqlanuvchi 
milliy huquqiy tizimlarning yig‘indisi tushuniladi
2

Xalqaro huquq fanida ham «milliy huquqiy tizim» iborasi keng qo‘llaniladi. 
Bunda bir mamlakat miqyosida shakllangan va amal qiladigan huquqiy tizim 
nazarda tutiladi. Har bir mamlakatda davlat tuzilishi, davlat boshqaruv shakl 
va davlat organlari majmui turlicha va ularning huquqiy mustahkamlanishi 
(rasmiylashuvi) o‘ziga xos bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mamlakat ijtimoiy-siyosiy 
voqeligiga mos milliy huquqiy tizim qaror topishi tabiiy. Ammo, tarixan o‘zaro 
yaqin rivoj topgan qator jamiyatlarda (mamlakatlarda) shaklan o‘xshash va 
mazmunan yaqin huquqiy institutlar, huquqiy an’ana, qadriyat va normalar 
qaror topadi. Xuddi ana shu huquqiy institutlar, voqeliklar va normalar turli 
milliy huquqiy tizimlarning bir huquqiy oilaga uyushishiga asos bo‘ladi. Bun-
dan tashqari, mamlakatda istiqomat qilayotgan xalqning mentaliteti, millat-
ning o‘ziga xos xususiyatlari, qadriyatlari, urf-odati va an’analari ham huquqiy 
tizimni shakllantirishga, uning mazmuniga ta’sir o‘tkazadi.
Demak, 
«huquq oilasi» huquq tizimi va huquqiy tizimga nisbatan keng 
ma’noli tushuncha bo‘lib, ularni o‘z tarkibiga qamrab oladi. Huquq oilasi ba’zan 
yuridik adabiyotlarda huquqiy tizim tushunchasi bilan aynanlashtiriladi
3
. Qiyo-
siy huquqshuqshunoslik bilan shug‘ullanuvchi olimlar tomonidan «huquq oila-
si» atamasi turlicha talqin etiladi. Jumladan, R. David «huquqiy tizimlar oilasi», 
K-O. Ebert va M. Reynstayn «huquqiy doiralar», I. Sabo «huquqiy tizimlar 
shakli», S.S. Alekseev «tuzilmaviy umumiylik» – deb ataydilar. 
Huquq oilasi huquqiy tizimlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishiga asos 
bo‘luvchi, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan, tarixan shakllangan, bir necha 
milliy huquqiy tizimlarning birligini ifodalovchi dunyo huquqiy voqeligining 
eng katta tarkibiy qismidir. Bir qator huquqiy tizimlarga xos bo‘lgan umumiy 
xususiyatni belgilab olish, ularni huquq oilalariga ajratish imkonini beradi. 
«Huquq oilasi» kategoriyasi yuridik belgilari o‘xshash bo‘lgan huquqiy tizimlar 
guruhini ifodalashga xizmat qiladi. Bu tushuncha o‘zaro o‘xshash yuridik bel-
gilarga ega bo‘lgan huquq tizimlarining nisbiy birligini anglatish uchun xizmat 
qiladi va aytib o‘tilgan tizimlarning muayyan tarixiy rivojlanish xususiyatla-
rini, ya’ni tuzilishi, huquq manbalari, yetakchi huquq institutlari va sohalari

Общая Теория государства и права. Академический курс. Т.2. – М., 1998. – 99-bet.

Qаrаng: Синюков В.Н. Российская правовая система. Введение в общую теорию. – Саратов, 
1994. – 166-bet.

Qаrаng: Давид Р. Основные правовые системы современности. – М., 1988.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling