Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
XIX bob. HOZIRGI DUNYO HUQUQIY TIZIMLARI
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
XIX bob. HOZIRGI DUNYO HUQUQIY TIZIMLARI
Dunyoning huquqiy xaritasi: asosiy tushunchalar 1-§. 394 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi yidagi izohlarni uchratish mumkin. «Sistema» – yaxlit bir butunlik sifatida tashkil topgan obyektni ifodalovchi ijtimoiy-falsafiy kategoriya. Odatda, siste- mani eng umumiy tarzda elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar birligi sifatida ta’riflaydilar. «Sistema» tushunchasi o‘z ma’nosiga ko‘ra «aloqa», «element», «butun», «birlik», «struktura», (elementlar o‘rtasidagi aloqalar sxemasi) tushunchalari bilan bog‘liq. Ushbu o‘rinda sistemali tadqiq etishning asosiy vazifalari: sistema elementlari, aloqalari va strukturasini, elementlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ajratishdir. Sistemaning mohiyatini metodologik tushunishga ko‘ra sistemalilik obyekt va hodisalarning o‘z xossasi deb emas, balki faoliyatning aniq bir maqsadga yo‘naltirilishi, tafakkurni tashkil etish sifatida ta’riflanadi 1 . Shunday qilib, sistema atrof-muhitdan, ijtimoiy hayotdan ajratib olingan o‘zaro ichki munosabat va aloqalar asosida birlashgan bir qancha elementlar va ular tarkibiy tuzilmalarining yaxlit bir butunligidir 2 . Yuridik adabiyotda yer yuzasida mavjud milliy huquqiy tizimlarni umumiy tarzda ifodalash uchun «dunyoning huquqiy xaritasi», «dunyoning yuridik geografiyasi», «huquqiy tizimlarning hamjamiyati» (uyushmasi) degan ibora- lar qo‘llaniladi. Mazkur kategoriyalar turli-tuman yo‘nalishdagi milliy huquqiy tizimlarning miqdor jihatdan katta qismini o‘z qamroviga olishi – masalaning bir tomoni. Ularning bundan-da muhim ikkinchi tomoni shundaki, bu terminlar ijtimoiy va tarixiy notekis shakllangan hamda turlicha rivojlanish bosqichida bo‘lgan huquqiy tizimlarni bir sinxron turkumga birlashtirib o‘rganish imko- nini beradi. Shu narsaga e’tibor qaratish joizki, turli mamlakatlarning huquqiy tizimi, ayniqsa, qonunchiligi turfa tillarda, turli yuridik texnika qoidalari aso- sida va ma’naviyati, e’tiqodi, tarkibiy tuzilishi har xil bo‘lgan jamiyatlar uchun yaratiladi 3 . Bular ularni differensiyalashga, farqlashga asos bo‘luvchi jihatlardir. Afsuski, «huquqiy tizim» kategoriyasini tahlil etganda ba’zan olim- lar «huquq tizimi» ning tor doirasida fikr yuritadilar. Ammo, huquq tizimi o‘z tarkibiga huquq sohalari, huquq institutlari, huquq normalarini qamrab olgani holda huquqiy tizimning birgina elementini tashkil etadi. Ma’lumki, faqat huquqiy normalarning yig‘indisi huquqiy tizimni to‘la aks ettira olmaydi. Huquqiy tizim «huquq tizimi»ga nisbatan ancha keng, serqirra, murakkab ijti- moiy hodisadir. Chexiyalik olim, akademik Imre Saboning talqiniga ko‘ra, «huquqiy tizim tushunchasi muayyan huquq tiliga tegishli bo‘lgan alohida tizimlarni ifoda- lashga xizmat qiladi», bunda gap «huquq normalarining oddiy yig‘indisi emas, 1 Fаlsаfа: qоmusiy lug‘аt // Tuzuvchi vа mаs’ul muhаrrir Q. Nаzаrоv. – T., 2004. – 370-bet. 2 Qаrаng: Оdilqоriyev Х.Х. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining qоnunchilik tizimi. – T., 2008. – 16–17-betlar. 3 Qаrаng: Давид Р., Жоффре – Спинози К. Основные правовые системы современности. – М., 1996. – 18-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling