Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
395
XIX bob. Hozirgi dunyo huquqiy tizimlari balki mantiqiy jihatdan tuzilgan yagona huquqiy tizim to‘g‘risida boradi» 1 . U «huquqiy tizim» tushunchasini «huquq tizimi» kategoriyasi bilan aralashtirib yuborishdan ogohlantiradi. M.N. Marchenko ham I. Sabo kabi huquqiy tizim kategoriyasini huquq tizimi va qonunchilik tizimidan farqlaydi. Huquqiy tizim faqat huquqiy normalar yig‘indisi bo‘lmay, balki o‘z ichiga huquqiy mafku- ra, huquqiy ong, huquqiy siyosat, huquqiy madaniyat, yuridik amaliyot kabi boshqa huquqiy hodisalarni qamrab oladi. Rus olimi T.V. Kuxarukning fikricha, «jamiyat huquqiy tizimi» shunday ilmiy kategoriyalar sirasiga kiradiki, uning fanda vujudga kelishini faqat ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat huquqiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zaro aloqadorlik, huquqiy borliqda tizimli xususiyatning mavjudli- gi bilan tushuntirish mumkin emas. U voqea va hodisalarga falsafiy tizimlilik nuqtayi nazaridan yondashish mahsulidir. Milliy huquqiy tizimni anglashda «huquq tizimi», «huquqiy tizim» tushunchalaridan tashqari «huquq oilasi» kategoriyasining ma’nosini bilib olish ham maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘lishicha, huquq tizimi huquqning ichki tarkibiy tuzilishidir. Ular: huquq normasi, huquq instituti va huquq sohasi (tarmog‘i) ni o‘z ichiga oladi. Huquqiy tizim esa, na- faqat huquq normalarining yig‘indisi, balki ularni harakatga keltiruvchi, o‘zaro bog‘liq huquqiy hodisalar yoki vositalar hamda ularning bir butun organizm sifatida harakatdagi ko‘rinishidir. Huquqiy tizim tarkibiga huquq normalari tizimi bilan bir qatorda, huquq ijodkorligi jarayoni va huquqni qo‘llash jarayoni, yuridik mazmundagi barcha hodisalar kiradi. «Huquqiy tizim» tushunchasi keng ma’noda «huquqning tarixiy tipi» tushunchasiga o‘xshash tushuncha sifatida qo‘llaniladi. Bu tushunchalarning ikkinchisi bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadagi huquqiy tizimlarning barchasini qamrab oladi va eng muhimi, shu tizimlarga ham xosligini ifodalaydi. Biroq, «huquqning tarixiy tipi» tushunchasi hozirgi zamon huquqiy tizimlarining barcha ko‘rinishlarini qamrab ololmaydi 2 . Turli-tuman milliy huquqiy tizimlarning umumiy va o‘xshash belgilarining mavjudligi ularni guruhlashtirish, tasniflash, alohida huquqiy umumlashma- larga, huquqiy oilalarga biriktirish imkonini beradi. Qiyosiy huquqshunoslik huquqiy tizimlarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan tashqari, ularni turli tiplar, guruhlar va huquq oilalari bo‘yicha tasniflash imkonini bera- di. Milliy huquqiy tizimlarni ularning turli jihatlari bo‘yicha qiyoslash mumkin. Bunday jihatlar qatorida huquqning strukturasi (tarkibiy tuzilishi), huquqning manbalari, huquqning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni, muayyan huquqiy 1 Сабо Имре. Социалистическое право. – М., 1864. – 128-bet. 2 Qаrаng: Tаdjiхаnоv U., Sаidоv А. Huquqiy mаdаniyat nаzаriyasi. Dаrslik. / Mаs’ul muhаrrir аkаdеmik Sh.Z. O‘rаzayev. 1-tоm. – T., 1998. – 80-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling