Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- uchinchi bosqichi
ikkinchi bosqichi – ko‘rilayotgan ishga
tegishli bo‘lgan huquq normalarini tanlashdir. Agar ishning birinchi bosqichida ko‘rilayotgan ish yuridik xususiyatga ega bo‘lgan huquq normalarini talab eta- di, degan xulosaga kelinadigan bo‘lsa, shu ishni olib borayotgan shaxs, barcha huquq normalari orasidan mazkur ishga mos keladigan aniq huquq normasini tanlab olishi va ko‘rilayotgan ishda uni qo‘llashi lozim. Qonunchilik huquqni qo‘llovchi subyektning ayni vaqtda ko‘rilayotgan ishni hal qilishida uning shu paytda amalda bo‘lgan huquq normalari asosida ish olib borishi va aynan shu normalar asosida qarorga kelishi lozimligini talab qiladi. Huquq normalarini qo‘llashning uchinchi bosqichi – tanlab olingan huquq normasining ma’nosini aniqlash, uni sharhlashdir. Unda, avvalambor qonun chiqaruvchi organning xohishi va fikrini tushunib olish, huquq norma- sining siyosiy-yuridik mazmunini anglash taqozo etiladi. Buning uchun huquq normasini sharhlash lozim bo‘ladi. Muayyan huquq normasini sharhlashda uni huquqning ma’lum sohalariga tegishli bo‘lgan boshqa normalar bilan uzviy (tizimli) bog‘liqligini nazarda tutib, ular bilan taqqoslab, so‘ngra izoh beriladi, aks holda huquq normasini sharhlab bo‘lmaydi. Huquq normasining ma’nosini aniqlab olish uning mazmunini fikrlash, tafakkur etish orqali tushunib ye- tishni nazarda tutadi. Sharhlash (lot. interpretatsiya) – talqin etish, izohlash, mag‘zini chaqish ma’nosini anglatadi. Ayni mana shu ijodiy, aqliy fikrlash vositasida qo‘llanmoqchi bo‘lgan normaning hayotiy vaziyatga mos yoki mos emasligi aniqlanadi. 375 XVII bob. Huquqning harakatlanishi va uni amalga oshirish Huquq normasini qo‘llashning to‘rtinchi bosqichi – ko‘riladigan yoki tartibga solinadigan masalaga oid tanlab olingan huquq normalarini qo‘llash aktini (qarorni) chiqarishdan iborat bo‘ladi. Bunday qaror – sudning hal qiluv qarori, sudning hukmi, davlat organining qarori, farmoyishi, mansabdor shaxsning qarori, buyrug‘i shaklida bo‘lishi mumkin. Huquqni qo‘llash qarorida muayyan huquqiy munosabat taraflari uchun yuridik oqibatlarni (huquq va burchni bel- gilovchi) ifodalovchi to‘xtamlar o‘z rasmiy bayonini topadi. Huquq normasini qo‘llash qarori individual mazmun va ahamiyatga ega. Huquqni qo‘llashning Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling