Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet372/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

huquqni qo‘llash – vakolatli organlar va shaxslarning 
yuridik ish bo‘yicha yuridik faktlar va muayyan huquqiy normalar asosida alo-
hida qarorni tayyorlash va qabul qilish borasidagi hokimiyat mazmuniga ega 
bo‘lgan faoliyatidir. 
 
O‘z ahamiyatiga ko‘ra huquqni qo‘llash 
huquqiy tartibga solishning huquq ijodkorligi-
dan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi muhim 
institutdir. Qonunda belgilangan maxsus 
tarzda chiqariladigan qarorlar yuridik norma-
larni hayotga tatbiq etishni ta’minlovchi, ularni o‘z hukmi bilan mustahkamlov-
chi yuridik kuchga ega va xulq-atvorning qonuniy vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Huquqni qo‘llash quyidagi 
xususiyat va belgilarga ega:
1) davlat hokimiyatini amalga oshirish vakolati berilgan organlar yoki 
mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi; 
2) individual xususiyatga ega bo‘ladi;
3) muayyan huquqiy oqibatlar – subyektiv huquqlar, majburiyatlar, javob-
garlikni keltirib chiqaradi;
4) maxsus belgilangan protsessual shakllarda amalga oshiriladi;
5) yuridik ahamiyatli alohida qaror chiqarish yo‘li bilan yakunlanadi. 
Huquqni qo‘llash huquqni amalga oshirishning bosh 
funksiyasi – huquqiy 
tartibga solish jarayonida 
davlat majburlovidan foydalangan holda yuridik 
ta’minlash faoliyatining zarurligini ifodalaydi. Huquqni qo‘llash bo‘yicha max-
sus faoliyatga bo‘lgan ehtiyoj asosan davlat majburlovidan foydalanish zaru-
rati bilan belgilanadi. Huquq sohasida davlat majburlovi qonuniylik rejimi sha-
Huquqni qo‘llash – 
huquqni amalga 
oshirish shakli 
sifatida
3-§.


371
XVII bob.
 Huquqning harakatlanishi 
va uni amalga oshirish
roitida o‘z-o‘zidan amalga kiritilmaydi. Huquq normalari davlat majburlovini 
qo‘llash imkoniyatinigina nazarda tutadi. Amalda u vakolatli organlar tomoni-
dan qo‘llanilishi lozim. Bu organlar davlat majburlov choralaridan foydalanishning 
qonuniyligi, o‘rinliligi va maqsadga muvofiqligini tekshirishlari, zarur hollarda 
qonunda nazarda tutilgan doirada ularni muayyanlashtirishlari, ularni qo‘llash 
tartibini belgilashlari, ya’ni 
individual-huquqiy tartibga solishni amalga 
oshirishlari shart.
Shuningdek, huquqni qo‘llash huquqiy tartibga solish jarayonida (qat’iy 
qonuniylik sharoitida) davlat majburlovini amalga oshirishning birdan-bir yo‘li 
hisoblanadi. Bu huquqni amalga oshirishning huquqni qo‘llash amal qiladigan 
barcha shakllariga – foydalanish, rioya etish va bajarishga taalluqlidir.
Huquqiy tartibga solishni ta’minlovchi faoliyatni va shu munosabat bi-
lan davlat majburlovining qo‘llanilishini belgilovchi haqiqiy holatlar qatoriga, 
odatda, quyidagilar kiradi: a) subyektiv huquqni amalga oshirishga monelik qi-
luvchi holatlarning mavjudligi, yuridik majburiyatlarni bajarmaslik; b) yuridik 
javobgarlikka tortishni talab qiluvchi huquqbuzarlik sodir etilishi. 
Hokimiyatning qonunchilik va ijro tarmoqlariga mansub organlari yozil-
gan huquq normalariga asosan ish ko‘rishlari lozim. 
Huquqni qo‘llash – huquq 
ijodkorligi yoki ma’muriy organlarning davlat-hokimiyat vakolatlariga asoslan-
gan yuridik normalarni hayotga tatbiq etish borasidagi harakatlaridir. Bu yer-
da huquqiy tizimlarning o‘ziga xosligiga qarab muhim xususiyatlar mavjud 
bo‘lsa-da (avvalo, anglo-sakson guruhiga kiruvchi umumiy presedent huquqi 
tizimlari to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda), biroq huquqni qo‘llovchi organ yozilgan 
huquqning davlat tomonidan belgilangan yoki qabul qilingan (tasdiqlangan) 
amaldagi yuridik normalari bilan ish ko‘radi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling