Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
huquqni qo‘llash maydonga chiqadi.
Huquqni qo‘llashning zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi: Birinchidan, ayrim normalarni amalga oshirish mexanizmida davlatning ishtiroki nazarda tutiladi. Bu, avvalo, moddiy ne’matlarni davlat tomonidan taqsimlash nazarda tutilgan normalardir. Masalan, pensiya huquqini amal- ga oshirish ijtimoiy ta’minot organi komissiyasining ayrim fuqaroga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi qarorini zarur element sifatida o‘z ichiga oladi. Davlat yer fondidan yer uchastkasi ajratish tegishli davlat organining alohida hokimi- yat qarorini talab qiladi. Shu tartibda, ya’ni alohida hokimiyat qarori chiqarish yo‘li bilan fuqarolar va tashkilotlarga foydalanish uchun davlat mulkiga kiruv- chi yer uchastkalari ajratiladi. 24–18-8 370 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Ikkinchidan, davlat apparati doirasida davlat organlari va mansabdor shaxslari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar asosan hokimiyat va bo‘ysunish xususi- yatiga ega bo‘ladi. Mazkur huquqiy munosabatlar zaruriy element sifatida ho- kimiyat qarorlarini, ya’ni huquqni qo‘llash hujjatlarini (masalan, Prezidentning vazirni lavozimdan olish to‘g‘risidagi farmonini) o‘z ichiga oladi. Uchinchidan, huquq normasi huquq to‘g‘risida nizo chiqqan hollarda qo‘llaniladi. Agar taraflar o‘zaro huquqlari va majburiyatlari xususida bir to‘xtamga kela olmasalar, ular nizoni hal qilishni so‘rab vakolatli davlat or- ganiga murojaat etadilar (masalan, tashkilotlar o‘rtasidagi nizolarni xo‘jalik sudlari ko‘rib chiqadi). To‘rtinchidan, huquqni qo‘llash sodir etilgan huquqbuzarlik uchun yuridik javobgarlik chorasini aniqlash, shuningdek tarbiyaviy, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun zarur bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling