Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet368/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqni amalga 
oshirish usullari 
va shakllari
2-§.


367
XVII bob.
 Huquqning harakatlanishi 
va uni amalga oshirish
Normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan qoidalarni qo‘llanish darajasiga 
ko‘ra, huquqni amalga oshirishning to‘rt xil 
shakli farqlanadi:
1) huquqiy munosabatlar ishtirokchilari uchun umumiy vazifalar va prin-
siplar o‘z ifodasini topgan qonunlarning muqaddimalarida ko‘zda tutilgan ta-
lablarni ro‘yobga chiqarish;
2) huquq subyektlarining huquqiy maqomi hamda vakolatlari doirasini 
o‘rnatuvchi umumiy normalarni tatbiq etish;
3) muayyan huquqiy munosabatlarga tegishli bo‘lgan huquqiy normalarni 
joriy etish;
4) huquq normasini vakolatli davlat organlari tomonidan hokimona 
tarzda qo‘llash.
Huquqni amalga oshirish huquqiy munosabatlar subyektlari doirasiga 
ko‘ra ham tasniflanadi. Huquqni amalga oshirishda ishtirokchilarning juda ko‘p 
guruhi qamrab olinadi. Huquqni amalga oshirish subyektlariga ko‘ra, 
individual 
va 
jamoa tomonidan huquqni tatbiq etish farqlanadi. Huquq normalarining 
ishtirokchilar xulq-atvorida mujassamlanishi uchun davlat organlari, jamoat 
tashkilotlari va fuqarolarning muayyan darajadagi amaliy faoliyati talab qili-
nadi. Huquq normalari kishilarning muayyan munosabatlariga nisbatan tatbiq 
qilinadi va shunga ko‘ra muayyan huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi
o‘zgarishi yoki to‘xtashi sodir bo‘ladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublika-
sida huquqni amalga oshirishda O‘zbekiston xalqi, milliy davlat tuzilishi bilan 
bog‘liq munosabatlarda – millatlar va elatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
davlat organlari, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari, jamoat tashkilotlari, 
mansabdor shaxslar, fuqarolar ishtirok etadi. Huquqiy tartibga solish pirovard 
natijada ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqda o‘z ifodasini topgan 
talablar va imkoniyatlar mujassamlashuvchi xulq-atvorida namoyon bo‘ladi. 
Huquqni amalga oshiruvchi subyektlar faoliyati xususiyatiga ko‘ra, huquqni 
amalga oshirishning uch xil shaklini ko‘rsatish mumkin – huquq normasiga 
rioya qilish, huquq normasini bajarish va huquq normasidan foydalanish:
Birinchi shakl – huquq normasi talablariga rioya etish. Bu yerda 
taqiqlovchi va muhofaza qiluvchi normalar amalga oshadi. 
Rioya etish amalga 
oshirishning bir shakli bo‘lib, u subyektlarning yuridik taqiqlarga mos ravishda 
ish ko‘rishida ifodalanadi. Bu shaklga subyektlarning passiv xulq-atvori xosdir. 
Ular yuridik normalar bilan man etilgan harakatlarni bajarmaydi, ya’ni o‘zlariga 
yuklangan passiv majburiyatlarni bajaradilar. Muhofaza qiluvchi normalarning 
barchasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmasa-da, norma ma’nosidan mantiqan kelib 
chiquvchi taqiq ifodalanadi: agar biron-bir harakat uchun norma sanksiyasida 
yuridik javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan ravshanki, bunday ha-
rakatni qonun chiqaruvchi organ man etgan. Masalan, bunday taqiqlar Jinoyat 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling