Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

365
XVII bob.
 Huquqning harakatlanishi 
va uni amalga oshirish
yuridik mexanizmlari xilma-xil bo‘lib, ularning mazmuni u yoki bu mamlakat 
huquqiy tizimining xususiyatlari bilan belgilanadi. Mamlakatimiz huquqiy 
tizimida huquqni amalga oshirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat. 
Dastlabki bosqich – tabiiy huquqni qonun darajasiga ko‘tarish (ijo-
biy huquq), uni normativ shaklda ifodalash. Tabiiy huquqning o‘zagini inson 
huquqlari, uning inson va jamiyat tabiatidan kelib chiquvchi ijtimoiy-huquqiy 
talablari tashkil etadi. Bu talablarni qanoatlantirish uchun davlat ularni qonun 
yo‘li bilan, normativ darajada tan olishi kerak. Inson huquqlarini qonun dara-
jasiga ko‘tarish: a) ularni konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni; b) ularni 
amaldagi qonunchilik hujjatlarida mustahkamlashni nazarda tutadi.
Ikkinchi bosqich – qonunni amalga oshirishning har xil mexanizmlari 
ishga solinadi. Bu mexanizmlar yordamida qonun qoidalarini subyektiv huquqlar 
va yuridik majburiyatlarning muayyan mazmuniga o‘tkazish amalga oshiriladi. 
Bu mexanizmlar rang-barangdir, chunonchi, unga qonunni hukumat, vazirlik-
lar, idoralar, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonun osti normativ hujjatlari-
da va mahalliy ahamiyatga molik boshqa normativ hujjatlarda aniqlashtirish; 
qonun normalarini rasmiy sharhlash, hujjatlar orqali tushuntirish; qonunni qabul 
qilish, qo‘llash va majburiy ijro etish taomillarini tartibga soluvchi protsessual 
normalar; huquq normalarini qo‘llashga doir har xil hujjatlar kiradi. Davlat 
organlarining huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish borasidagi faoliyati 
ham shu bosqichga kiradi.
Yakunlovchi bosqich – huquqni bevosita amalga oshirishdan iborat. 
Aynan shu bosqichda huquqlar abstrakt imkoniyatdan real voqelikka aylanadi 
va bu huquq sohibining xohish-irodasiga ko‘ra yuz beradi, ya’ni huquqning 
amalga oshish-oshmasligi, agar amalga oshirilsa, bu qachon va qay darajada 
yuz berishi huquq subyektiga bog‘liq bo‘ladi.
Dunyo davlatlarida huquqni amalga oshirish o‘z xususiyatlariga ega. 
Masalan, anglo-sakson huquqi mamlakatlarida huquqni amalga oshirish ja-
rayoni boshqacha kechadi. Huquqiy talablarni, ya’ni tabiiy huquqni majburiy 
norma darajasiga ko‘tarish sud tomonidan amalga oshiriladi. Sud muayyan 
yuridik ishni ko‘rib chiqar ekan, yuzaga kelgan nizoning haqiqiy holatlari, 
taraflarning da’volarini mufassal tahlil qiladi va ularning o‘zaro huquq 
va majburiyatlarini aniqlab, janjalni hal qiladi. Ishni hal qilish chog‘ida 
presedent – o‘xshash ish bo‘yicha ilgari chiqarilgan sud qarori normativ asos 
sifatida maydonga chiqadi.
Mazkur huquqiy tizimda huquqiy talabni amalga oshirish mexanizmi 
roman-german huquqiy tizimidagi shunday mexanizmga qaraganda soddaroq, 
chunki oldindan qonun yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yishni taqozo etmaydi. 
Sudyaning o‘zboshimchaligi xavfini oshirib ko‘rsatish yaramaydi, chunki sud 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling