Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet363/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

361
XVI bob.
 Huquqiy tizim
va huquqiy islohot
Yuqorida bayon etilgan barcha ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va tashkiliy chora-
tadbirlar jamiyatimizda sudning yuksak nufuzini ta’minlashga, uning samarali 
faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Mustaqil, xo-
lis, demokratik sud tizimini vujudga keltirish pirovardida inson manfaatlariga, 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatli muhofaza etishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, huquqiy tizim sohasidagi islohotlar, demokratlashtirish va 
liberallashtirish choralari, katta mas’uliyat talab etadi. Islohotlar huquqiy tizim 
tarkibiga kiruvchi barcha bo‘g‘inlarni qamrab oladi. Demak, har bir bo‘g‘inda 
ro‘y berayotgan o‘zgarish va jarayonlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘ladi. Huquqiy islohotlarga keng qamrovli va kompleks yondashish lozim. 
Ana shundagina islohiy kuch-g‘ayratimiz va ijodiy faoliyatimiz ijobiy samaralar 
berishiga umid bog‘lash mumkin
1
.

Qаrаng: Оdilqоriyev H.T. Kоnstitutsiya vа fuqаrоlik jаmiyati. – T., 2002. – 137-bet.


362
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Huquqning asl qadr-qimmati, ijtimoiy 
ahamiyati uning kishilar ongi-irodasiga ta’sir 
etish orqali insonlar o‘rtasidagi munosabat-
larni tartibga sola olish salohiyatida namo-
yon bo‘ladi. Gap huquqning real hayotga 
joriy qilinishi, ya’ni uning harakatlanishi xu-
susida bormoqda.
Huquqning harakatlanishi, amal qilishi uning funksional holati ifodasi-
dir. Huquqning jamiyat hayotida o‘z amalini topib, ijtimoiy munosabatlarning 
mazmuniga singishi, ularni me’yoriy tartibga solishda ifodalanadigan ijtimoiy 
manfaatli vazifani bajarishi uning funksional jihatini tashkil etadi. Huquqning 
harakatlanishidan muayyan ijobiy samara kutiladi. Buning uchun huquq amal-
ga oshirilishi, hayotga tatbiq etilishi lozim. Huquq normalari bevosita hayotga
turmush amaliyotiga joriy etilgan taqdirdagina jamiyat, inson va davlat uchun 
foydali hamda manfaatli bo‘lishi mumkin. Huquq qanchalik sobitlik bilan, izchil 
amalga oshirilsa, ijtimoiy munosabatlar shunchalik samarali tartibga solinishiga 
erishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ma’qullangan 
«2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi»da belgilangan besh ustuvor yo‘nalishdagi muhim vazi-
falarni muvaffaqiyatli bajarish uchun amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash 
amaliyotini va ilg‘or xorijiy tajribani chuqur tahlil etish asosida ish tutish 
e’tiborga molik jihatdir
1
. Ushbu g‘oya davlat boshlig‘i Sh. Mirziyoevning 
ma’ruzalarida yanada aniq ifoda etilgan: «Konstitutsiyamizda belgilangan qo-
nun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, 
barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir... Asosiy 
masala – qonunlarning... ijrosini to‘g‘ri tashkil etish hamda qonun talablariga 
qat’iy amal qilishni ta’minlashdan iboratdir»
2
.

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo‘yichа 
Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidаgi fаrmоni. – T., 2017. – 4-bеt.

Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq 
fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 8–9-bеtlаr.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling