Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
XVII bob. HUQUQNING HARAKATLANISHI
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
XVII bob. HUQUQNING HARAKATLANISHI
VA UNI AMALGA OSHIRISH Huquqning harakatlanishi va uni amalga oshirish tushunchasi hamda bosqichlari 1-§. 363 XVII bob. Huquqning harakatlanishi va uni amalga oshirish Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning samarasi, unumdor- ligi ko‘p jihatdan huquqni to‘g‘ri amalga oshirishga bog‘liq. Agar huquq tatbiq etilmasa, insonlar xatti-harakatida o‘zining mujassam ifodasini topmasa, ijtimoiy tartibga soluvchi vosita sifatidagi qiymatini yo‘qotadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlab o‘tganidek, «qonunlarni qabul qilish – bu ish- ning bir qismi xolos». Lekin eng muhim masala ularni hayotga tatbiq etishdir. Huquqning talqini oxir-oqibatda uning ijtimoiy munosabatlarning regulyatori bo‘la olishiga, tartibga solish qobiliyatiga borib taqaladi. Huquqning qadriyat sifatidagi mantig‘i – uning insonlarning ongi va irodasiga ta’sir o‘tkaza olish qobiliyatidadir. Aynan shu narsa huquqning harakatlanishi masalasini dolzarb mavzuga aylantiradi. Huquqning harakatlanishi yoki amal qilishi – huquqning muayyan ma- kon, zamonda tegishli shaxslar doirasidagi ijtimoiy munosabatlarga qadriyatlar nuqtayi nazaridan maqsadli, axborot yetkazuvchi omil va bevosita tartibga soluvchi ta’sir etishidir. Huquqning harakatlanishi ijtimoiy modellarni va abstrakt qadriyatlarni real hayotga o‘tkazishda namoyon bo‘ladi. Huquqning harakati uning alohida shaxslar, guruhlar xulq-atvorida, jamiyat hayot tarzida adolat mezonlarini ta’minlashga oid mohiyatini ro‘yobga chiqarishdir. Huquq ijtimoiy kuch sifatida ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish jarayonida o‘z salohiyatini namoyon qiladi. Huquqning harakatlanishini davlatdan ajratilgan holda talqin etish mum- kin emas. Hozirga qadar hech bir jamiyat davlatning ishtirokisiz adolat muhitini ta’minlay olgan emas. Hamma yerda davlat huquqiy normalarning harakatlani- shini, amalga oshishini ta’minlaydi. Davlat huquqiy tartibga solish vositalarini (mexanizmlarini) yaratadi, huquqning pirovard maqsadlariga erishish uchun ushbu vositalarni (mexanizmlarni) ishga soladi. Huquq harakatlanishining asosiy ko‘rinishi sifatida Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling