Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
366
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi qarori ustidan yuqori sudga shikoyat berish imkoniyati doimo mavjud bo‘ladi. Masalan, anglo-sakson huquqi vujudga kelgan Angliyada oliy sud instansiyasi vazifasini Angliya Parlamentining yuqori palatasi – Lordlar palatasi bajaradi. Shunday qilib, huquqni amalga oshirish nimaligini tushunish uchun quyi- dagilarni anglab olish kerak: huquqni tatbiq etishdan amalda subyektiv huquqqa ega bo‘lgan shaxs, ya’ni huquq subyektigina manfaatdordir. Boshqa barcha shaxslar – majburiyat olgan taraf, huquqni qo‘llovchi, qonun chiqaruvchi organ pirovard natijada vakolatli shaxs manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radi. Ko‘rsatilgan shaxslar va organlar faoliyati, bu faoliyatni tartibga soluvchi yuridik norma- lar jamuljam holda huquqni amalga oshirishning murakkab va ko‘p jihatli mexanizmini tashkil etadi. Binobarin, huquqni amalga oshish-oshmasligi masala- sining yechimi bu huquq sohibiga bog‘liq bo‘ladi. Huquqni amalga oshirish mexanizmi faqat uning xohish-irodasiga ko‘ra ishga solinishi mumkin. Mazkur mexanizmning mavjudligi, uning sifatli va samarali ishlashga qodirligi muhim- dir. Subyektiv huquqni himoya qilish mexanizmlari, ya’ni yuridik javobgarlik mexanizmlari huquqni amalga oshirishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Himoya qilish jarayonida huquq tiklanadi va yana uni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Yuridik javobgarlik subyektiv huquqlarni g‘ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni muayyan darajada ta’minlaydi va shu tariqa ularni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratadi. Avval ta’kidlanganidek, huquqni amal- ga oshirish murakkab jarayon bo‘lib, ma’lum muddat mobaynida bosqichma-bosqich amal- ga oshiriladi. Bu jarayonda subyektiv huquq va majburiyat sohiblari bo‘lgan shaxslar bilan bir qatorda, davlat ham o‘zining huquq ijod qiluvchi, huquqni ijro etuvchi, huquqni qo‘llovchi organlari orqali ishtirok etadi. Huquqni amalga oshirish jarayoni huquqni hayotga joriy etish usullari va shakllarining uyg‘unligidir. Ma’lumki, huquq normalari – bu gi- poteza, dispozitsiya va sanksiyalarning birligi hisoblanib, uning mazmuni amalga oshirishning ikki darajasi yoki usulini talab etadi: birinchisi, normal tatbiq etish – huquqiy xatti-harakatda dispozitsiyani ro‘yobga chiqarish; ik- kinchisi, huquqbuzarga, davlat hokimiyati tomonidan majburiy xulq-atvor chorasini qo‘llash orqali sanksiyani tatbiq etish. Huquqni ijobiy, risoladagidek amalga oshirish usullaridan biri – huquqiy xatti-harakat hisoblanadi. Bu huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo‘lgan, ongli ravishdagi xulq-atvoridir. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling