Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
369
XVII bob. Huquqning harakatlanishi va uni amalga oshirish Huquqni amalga oshirish to‘g‘risida eng aniq ma’noda bajarish shakli bilan bog‘liq holda so‘z yuritish mumkin. Huquqni amalga oshirishning qolgan ikki shakli (foydalanish va rioya etish)ga kelsak, bu yerda huquqni amalga oshirish haqidagi umumiy qoidalar aniqlik kiritishga va hatto eslatmalarga, izohlarga muhtojdir. Avvalambor, ko‘rsatilgan bu ikki shaklga birlikda, uyg‘unlikda va tartibga solish turiga ko‘ra qaralishi lozim. Foydalanishda doim rioya etish ham bo‘ladi: umumiy ruxsat beruvchi huquqiy tartibga solishda – muayyan man etuvchi normalarni buzmaslik tarzida, ruxsat beruvchi tartibga solishda – sub- yektiv huquq belgilagan xulq-atvor chegarasiga qat’iy rioya qilish, bu chega- radan chetga chiquvchi harakatlar sodir etmaslik tarzida namoyon bo‘ladi. Binobarin, eng muhimi bunda emas. Umumiy ruxsat beruvchi huquqiy tartibga solishda ham, aniq ruxsat beruvchi tartibga solishda ham vakolatli subyekt faol harakat qiladi. Bu faol xulq-atvorga faqat shartli ravishda huquqni amalga oshirish sifatida qaralishi mumkin. Subyektlarning faol xulq-atvorida asosan ijtimoiy hayotning obyektiv belgilangan ehtiyojlariga asoslangan mod- diy, siyosiy, ma’naviy va boshqa manfaatlar amalga oshadi. Tegishli – vakolat beruvchi va man etuvchi yuridik normalarni, shuningdek umumiy ruxsat va taqiqlarni amalga oshirish esa, amalda namunaviy konstruksiyalar, umumiy va mutlaq huquqiy munosabatlarning yaratilishi va subyektlarning ularga muvofiq ijtimoiy ehtiyojlari bilan belgilangan o‘z faol xulq-atvorini amalga oshirishidan iborat bo‘ladi. Huquqni amalga oshirish aksariyat hollarda davlat va uning organlari ishtirokisiz yuz beradi. Fuqarolar va tashkilotlar o‘z ixtiyori bilan, majburlovsiz, o‘zaro kelishuvga ko‘ra huquqiy munosabatlarga kirishadilar va bu munosabat- lar doirasida subyektiv huquqlardan foydalanadilar, majburiyatlarni bajaradilar va qonunda belgilangan taqiqlarga rioya qiladilar. Shu bilan birga, ayrim hol- larda, davlatning aralashuviga zarurat tug‘iladi, bunday aralashuvsiz huquqni amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi. Huquqiy tartibga solish jarayoniga uning yakunlovchi bosqichida Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling