Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
360
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy ongi sud hokimiyatini e’tirof etishi, unga ko‘nikishi lozim. Sud hokimi- yati davlatning muayyan sudlov siyosatini shakllantiradi va ro‘yobga chiqaradi. Sudlov siyosatining asoslari qonunda o‘z aksini topadi va sud muassasalari faoliyati orqali hayotga tatbiq etiladi. O‘zbekistonda mustaqil, adolatli sud hokimiyatini qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Endigi islohotlarning bosh vazifasi sudni adolat va haqiqat posboniga aylantirishdan iborat. Pirovardida sudga munosabat tubdan o‘zgarib, unga hurmat shakllanishi lozim. Buning uchun sud organlari faoliyatining huquqiy asoslarini qadam-baqadam takomillashtirib borish zarur. Mazkur huquqiy asos sud va sudyalarning hokimiyatning boshqa barcha tar- moqlaridan haqiqiy mustaqilligini, sud qarorlarini qabul qilishda ularning faqat qonunga bo‘ysunishini ta’minlashi lozim. Bu huquqiy asos demokratizmni, xolislikni, sudning hammabop bo‘lishini, sudning himoya doirasi kengayishini ta’minlashi lozim. Mamlakatimizda sud islohotlarini jiddiy jonlantirishda, uni yangicha yon- dashuvlar asosidagi yangi bosqichga ko‘tarishda «O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» alo- hida o‘rin tutadi. Mazkur Strategiyaning ikkinchi ustuvor yo‘nalishi «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish» deb nomlan- gan. Unda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sud tizimini demokratlashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni kafolatlash, sud faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish, sud-huquq tizimida qonuniylikni mustahkamlash kabi muhim masalalar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi «Sud- huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga va 2017-yil 21-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlari mamlakatimiz sud tizimini izchil demokratiyalash, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning huquq, erkinlik va qo- nuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini kafolatlash borasida katta qa- dam bo‘ldi. Ushbu farmonlar tufayli sud tizimida jiddiy tub islohiy o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi yagona oliy sud organiga aylandi; xo‘jalik sudlari va harbiy sudlar tugatildi; iqtisodiy va ma’muriy sudlar tashkil etildi; Sudyalar oliy kengashi tuzildi, u sudyalik lavozimiga tanlash va tayin- lash vakolatlariga ega bo‘ldi; sudyalik lavozimiga tayinlash (saylash) birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o‘n yilga, shundan so‘ng muddatsiz davrga deb belgilandi. Yuqoridagi masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyasiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling