Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Shaxsning huquqiy muhofazalanishi kafolatlarini kuchaytirish
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Shaxsning huquqiy muhofazalanishi kafolatlarini kuchaytirish.
Bu masala barcha davlat organlari va mansabdor shaxslarga taalluqli bo‘lib, uning e’tiborga molik jihati shundaki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash institutlarining muayyan tizimi vujudga keltirildi. Ya’ni, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy markazi, Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti va hokazo. Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Majlisning vakili (Ombudsmanning) faoli- yati yildan-yilga faollashib hamda tobora samarali bo‘lib bormoqda. Uning faoliyati asosan quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘layotir: – O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi qonunchili- giga rioya etilishi ustidan nazorat(monitoring)ni amalga oshirish; – fuqarolarning inson huquqlariga oid ariza va murojaatlari bilan ishlash; – Ombudsmanning mintaqaviy (viloyatlardagi) vakillari faoliyati; – Ombudsmanning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va nohuku- mat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi; – Ombudsmanning axborot – ma’rifiy va xalqaro sohadagi faoliyati. E’tirof etish joizki, ombudsmanning faoliyati fuqarolar uchun foydali bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga so‘nggi yillarda respublika Prezidenti va Hukumatining yosh avlodga, bolalarning huquqiy maqomini yanada mustahkamlashga alo- hida g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotganligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublika- sida Bolalar huquqlari bo‘yicha maxsus ombudsman lavozimi (instituti) ta’sis etilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bu tashabbusning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro 1 Хаlq so‘zi, 2016-yil 17-sеntabr. 358 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Konvensiyani (1989-yil 20-noyabr) bajarishdagi faolligini yanada oshirgan bo‘lar edi. Shu o‘rinda 2008-yil yanvarida O‘zbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinganligini ta’kidlash joiz. Shuningdek, O‘zbekistonda ekologiya masalalari bo‘yicha maxsus om- budsman lavozimining ta’sis etilishi ham davr talabiga mos bo‘lib tushgan bo‘lar edi. Fuqarolar huquqlarini muhofaza etishda advokatura alohida ahami- yat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining «Advokatura to‘g‘risida»gi Qo- nuni va «Advokatlik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishi advokaturaning huquqiy maqomini birmuncha mustahkamladi. Ammo, fuqa- rolarning ushbu konstitutsiyaviy huquqini amalda yuksak saviyada ta’minlash uchun yana ko‘p ishlar qilinishini hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling