Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet355/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

354
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
kama qilinishi, fraksiyalar ushbu masalalarda prinsipial pozitsiyasini namoyon 
etishi shart»
1

Davlatimiz boshlig‘i ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, Oliy 
Majlis huzurida Qonunchilik muammolarini o‘rganish institutini tashkil etishni 
taklif etdi
2
.
Ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qonunning ustuvorligini 
ta’minlash.
Qonunning mazmuni xalqchil, insonparvar, demokratik va 
adolatli bo‘lishiga erishish, uning sifatini muttasil yaxshilab borish hamisha o‘z 
dolzarbligini saqlab qolayotgan mavzudir. Mazkur yo‘nalishda, avvalo:
– amaldagi qonunlarni inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarga mos-
lashtirish bo‘yicha muntazam ishni yo‘lga qo‘yish va shu maqsadda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi insti-
tuti faoliyatini yanada faollashtirish lozim;
– qabul qilingan va endi yaratiladigan qonunlar mazmunini 
«Qonun 
bilan taqiqlanmagan hamma narsaga ruxsat etiladi» (fuqarolar uchun) va 
«Qonunda belgilangan narsalargagina ruxsat etiladi» (davlat organlari va 
mansabdor shaxslar uchun) prinsiplari asosida qayta ko‘rib chiqish kerak
– inson huquqlari va erkinliklari ustuvor ta’minlanishi prinsipidan kelib 
chiqib, qonunchilik mazmunidagi etatizmdan voz kechish va inson manfaatla-
rini yoqlovchi huquqiy tartibga solish mexanizmini joriy etishga bosqichma-
bosqich o‘tish;
– Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlashning yuridik, 
tashkiliy, ma’naviy-axloqiy mexanizmlarini vujudga keltirish. «Qonunning us-
tuvorligi bizning islohotlar modelimizdagi yetakchi tamoyildir. U huquqiy dav-
latning asosiy mezonlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi»
3
;
– Konstitutsiya va qonunlarning amal qilish mexanizmini va ularni aniq 
hamda og‘ishmay qo‘llash amaliyotini joriy etish lozim.
Konstitutsiyaviy islohotlar – huquqiy islohotlarning markaziy bo‘g‘ini. 
Jamiyat ehtiyojlari va taraqqiyot manfaatlariga mos tarzda Konstitutsiyaning 
takomillashtirilishi mamlakat konstitutsiyaviy tuzumini, siyosiy tizimni barqa-
rorlashtirish garovi hisoblanadi. O‘zbekistonda amalga oshayotgan konstitutsi-
yaviy mazmundagi muhim o‘zgarishlar pirovardida Konstitutsiyaning o‘zini 
ham takomillashtirishga sabab bo‘lmoqda. Masalan, 2002-yil 27-yanvarda 
bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida mamlakatda ikki palatali parlament 
tuzish g‘oyasi yoqlab ovoz berildi. Shu asosda 2002-yil 4-aprelda «Referendum 
yakunlari va davlat hokimiyatini tashkil qilishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi 

Хаlq so‘zi, 2017-yil 13-iyul.

Хаlq so‘zi, 2017-yil 13-iyul.

Qаrаng: Islоm Kаrimоv Kоnstitutsiya to‘g‘risidа. – 417-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling