Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet357/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

356
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
2014-yil 16-apreldagi Qonun bilan Asosiy qonunimizning 32, 78, 93, 98, 
103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunda jamoatchilik 
va parlament nazorati institutlari, mahalliy vakillik hokimiyati organlarida ma-
halliy hokimlarning hisobotini tinglash masalalari konstitutsiyaviy darajada 
belgilandi. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi doimiy ishlovchi konsti-
tutsiyaviy organga aylantirildi.
Prezident tashabbusi bilan 2017-yil 28-martda O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 80, 81, 83, 93, 107, 110, 112-moddalariga o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritildi. Bunga muvofiq, Oliy xo‘jalik sudi sud hokimiyatining 
yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi. Sud 
tizimida xo‘jalik sudlari tugatilib, ayni vaqtda iqtisodiy va ma’muriy sudlar 
tuzildi. Sudyalar korpusini shakllantirish ishlarining samaradorligini oshirish 
maqsadida Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi
1
.
Bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olib yuridik texnika qoidalariga 
rioya etgan holda 
qonunchilikni sistemalashtirish, ayniqsa kodeks-
lashtirish. Hozirga qadar Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, 
Bojxona kodeksi, Yer kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Oila 
kodeksi, Jinoyat kodeksi va boshqa kodekslar qabul qilindi. Biroq, barcha 
kodekslarimiz va joriy qonunlarimiz bozor munosabatlariga to‘la moslashtirib 
bo‘lindi, deyishga hali erta. Bu boradagi xalqaro tajribani puxta o‘rganish 
va o‘z milliy xususiyatlarimizni, huquqiy qadriyatlarimizni e’tiborga olgan 
holda qonunlarimizni yanada takomillashtirish zarur bo‘ladi. Qonunchilikni 
sistemalashtirish bilan bir vaqtda qonunosti normativ-huquqiy hujjatlarning 
iyerarxiyasida mutanosiblik va batartiblikni ta’minlash lozim. Idoraviy nor-
mativ-huquqiy hujjatlarning qonunga mosligini ta’minlash sohasidagi ishlarni 
davom ettirish o‘rinlidir.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling