Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet356/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

355
XVI bob.
 Huquqiy tizim
va huquqiy islohot
konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Ushbu konstitutsiyaviy qonunning aha-
miyatini izohlab, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov: 
«... u referendum natijalarini qonunchilik tilida ifodalab – muhrlab beradi va 
Konstitutsiyamizga tegishli o‘zgartirishlar kiritishga asos bo‘ladi»
1
, – dedi. 
Ushbu bashorat tez orada qonun ijodkorligi amaliyotida o‘z tasdig‘ini topdi. 
2002-yil 12-dekabrda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasi to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar, 2003-yil 24-aprelda Konstitutsiyaning 
davlat hokimiyati organlari tashkil etilishiga oid boblariga ikki palatali parla-
ment joriy etilishi bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 
konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
2
. Bunda parlament palatalarining vakolat-
lari mustahkamlandi, Prezident va Hukumatning vakolatlari qayta shakllan-
tirildi, saylov qonunchiligiga oid konstitutsiyaviy normalar takomillashtirildi.
2007-yil 11-aprelda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokrat-
lashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar- 
ning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. 
Ushbu Qonun aholining ijtimoiy, siyosiy faolligini kuchaytirishda, chinakam 
ko‘ppartiyaviylikni rivojlantirishda, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda 
g‘oyat muhim rol o‘ynadi. U parlamentdagi turli siyosiy yo‘nalishlarga amal 
qiluvchi partiyalar fraksiyalarining huquqiy maqomini aniq belgilab berdi, ular-
ning qonun ijodkorligi ishi samaradorligini oshirishda tutgan o‘rni, fraksiyalararo 
sog‘lom tortishuvni sezilarli darajada oshirdi. Parlamentdagi ko‘pchilikning va par-
lamentdagi muxolifatning huquqlari qonunchilik yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yildi.
2008-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to-
monidan «Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bi-
lan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritish haqida»gi qonun ma’qullandi. Mazkur qonun mamlakatimizning saylov 
qonunchiligini izchil demokratlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Konstitutsiyaviy islohotlar so‘nggi yillarda faol va maqsadli o‘tkazilayot-
ganligiga e’tibor qaratish lozim. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlan-
tirish konsepsiyasidan kelib chiqib, 2011-yil 18-aprelda qabul qilingan Qonun 
bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-mod-
dalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu yangiliklar hokimiyat tar-
moqlari mustaqilligining oshishiga, ularning o‘zaro bir-birini tiyish mexanizm-
larini takomillashtirishga yo‘naltirildi. Parlamentda Hukumatning hisobotini 
tinglash, Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish institutlari joriy 
etildi.

Kаrimоv I.А. Хаvfsizlik vа tinchlik uchun kurаshmоq kеrаk. T.10. – T.: «O‘zbekiston», 2002. – 319-bet.

Хаlq so‘zi, 2003-yil 25-аprеl.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling