Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonun chiqarish jarayonini demokratlashtirish.
353
XVI bob. Huquqiy tizim va huquqiy islohot chi subyektlarning mustaqilligi, xususiy mulk daxlsizligi; oila qonunchiligida nikoh tuzishning ixtiyoriy va erkinligi, nikoh shartnomasi asosida er va xotin munosabatlarining mo‘tadillashuvi ushbu sohalarning liberallashuviga oid ay- rim yorqin misollardir, xolos. Liberallashtirish shabadasi ma’muriy, bojxona, soliq qonunchiligini ham qamrab oldi. Qonun chiqarish jarayonini demokratlashtirish. Ushbu yo‘nalishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan quyidagi jiddiy masalalar mavjud: – O‘zbekistonning qonunchilik (kengroq doirada olinadigan bo‘lsa, huquqiy islohotlar dasturi) strategiyasini aniqlab, alohida rasmiy hujjat sifatida shakllantirish va qabul qilish lozim; – qonun ijodkorlik jarayonining sotsiologik jihatlariga e’tibor qaratish, qonun bilan tartibga solish ehtiyojini o‘rganish va shu asosda bo‘lg‘usi qonun ijodkorlik ishlarining empirik bazasini vujudga keltirish zarur. Shundan kelib chiqib, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi huzurida qonunchilik muammo- larini sotsiologik tadqiq etish institutini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘lar edi; – qonun loyihalari ishlarini rejalashtirish va bashoratlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozim; – qonunchilik texnikasini takomillashtirish va bu borada deputatlarning tegishli malakasini hosil qilish mexanizmini yo‘lga qo‘yish lozim va hokazo. Qonun chiqarish jarayonini demokratlashtirishning bir qator rezervlari bor. Jumladan, qonun loyihalarining muhokamasiga manfaatdor tashkilotlarni, fuqarolar, ekspertlarni kengroq jalb etish, umumxalq muhokamalaridan sama- rali foydalanish, uning mexanizmlarini takomillashtirish, qonun loyihalarining muhokamalarida deputatlarning faolligini oshirish, qonunchilik jarayonining oshkoraligini kuchaytirish kabi tadbirlar shular jumlasidandir. Yuqoridagi masalalarni hal etish nuqtayi nazaridan ko‘rilgan quyidagi chora-tadbirlar e’tiborga molikdir. Avvalo, Harakatlar strategiyasida parlament rolini oshirishga, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilashga e’tibor qaratildi, qonun loyihalarini tayyorlashga keng jamoatchilikni jalb etish muhim vazifalardan biri, deb belgilandi 1 . Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev parlament Qonunchilik palatasida 2017-yil 12-iyuldagi videoselektor yig‘ilishida quyidagilarni ta’kidladi: Parlamentda, «fraksiyalarda qonun loyihalari va boshqa muhim masalalar muhokamasini, ulardagi kon- struktiv bahs va munozaralarni yanada kuchaytirishni bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Qabul qilinayotgan har bir qonun loyihasi... atroflicha muho- 1 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti fаrmоni. O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidа. – T., 2017. – 30–31-bеtlаr. 23–18-8 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling