Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqiy mafkura davlatchilik, siyosiy tizim va huquqiy hayot haqidagi 
siyosiy-huquqiy g‘oyalar, qarashlar va bilimlarning umumlashtirilgan tizimidir.
 
Huquqiy tizimining mazmun-mohiyati, 
uni isloh qilish hamda moder-nizatsiyalash 
xususida gap borganda, avvalo ikki o‘zaro 
uyqash tushuncha: 
«huquqiy islohotni 
ta’minlash» va «islohotlarni huquqiy ta’minlash» iboralari-ning ma’nosini 
aniqlab olish lozim. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar barcha 
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy, ma’naviy sohalarni qamrab olgan. 
Har bir yo‘nalishda islohotlarni ro‘yobga chiqarish uchun tegishli huquqiy ba-
zani yaratish, rejalashtirilgan islohiy tadbirlarni ro‘yobga chiqarishning huquqiy 
mexanizmini vujudga keltirish katta ahamiyat kasb etadi.
Islohotlarni samarali amalga oshirish uchun, avvalo, ularning asosiy tamo-
yillarini belgilab olish muhim edi: «Biz, eng avvalo, huquqiy asosni tayyorladik. 
Jamiyatimizning asosiy aqidalari, uning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy yo‘nalishlari 
belgilab berilgan Konstitutsiyamiz ham ana shu asosga qurilgan. Biz qonunchilik 
bazasini barpo etib, butun davlat tuzilmasini o‘zgartirdik. U bozor maqsadlariga ja-
vob beradi...»
1
. O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoev ta’kidlaganidek: «O‘tgan davr 
mobaynida Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan tamoyil va qoidalar negizida 
yurtimizda milliy qonunchilik tizimi barpo etildi. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy va harbiy salohiyati yuksalishiga, hayotimizning barcha sohalarida amalga 
oshirilgan samarali islohotlarga asos bo‘ldi»
2
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan (2017-y. 7-fevral) 
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategi-
yasi» tasdiqlangani mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarga, ay-
niqsa, huquqiy islohotlarga jiddiy salohiyat, quvvat baxsh etdi, bu islohotlarni 
tom ma’noda yangi bosqichga ko‘tardi. Mazkur Strategiyada mamlakatimiz-
ni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish 
bo‘yicha beshta ustuvor yo‘nalishi belgilandi:

Kаrimоv I.А. Vаtаn sаjdаgоh kаbi muqаddаsdir. T.3. – T.: «O‘zbekiston», 1996. – 135-bet.
2
Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrо-
vоnligining gаrоvi. – T., 2017. – 6-bеt.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling