Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet346/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

346
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
– huquqiy madaniyat (huquqiy ma’naviyat va tarbiyaning ifodasi);
– qonuniylik muhiti va huquqiy tartibot rejimi;
– huquqning manbayi (qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar 
majmui).
Yuqorida sanab ko‘rsatilgan huquqiy hodisalar yagona bir tizim hosil qilib, 
o‘zaro aloqadorliqda, munosabatda bo‘ladi. Har bir huquqiy institut (hodisa) qol-
ganlarining mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Bu tizimdagi bir elementning ha-
rakatlanishi qolgan elementlarning harakatga kelishiga sabab bo‘ladi. Demak, 
jamiyatning huquqiy tizimi – muayyan makon va zamonda amal qilayot-
gan huquqiy hodisalar, huquqiy prinsiplar, institutlar, normalar va huquqiy 
jarayonlarning mushtarak bir butunligi, o‘zaro uzviy bog‘liqligi hamda aloqa-
dorligi bo‘lib, ularning maqsadli harakatlanishi natijasida ijtimoiy munosabat-
larning yuksak saviyada huquqiy tartibga solinishiga erishiladi. Huquqiy tizim 
yaxlit hodisa bo‘lib, tarkibiy qismlarining o‘zaro ichki aloqadorligi, bog‘liqligi, 
mutanosibligi, izchilligi va barqarorligi bilan tavsiflanadi.
Bayon etilgan tarkibiy qismlar huquqiy tizimning murakkab ijtimoiy 
hodisa ekanligini ko‘rsatadi. Shunga o‘xshash fikrni davlat va huquq nazari-
yasiga oid darsliklarda ham ko‘rish mumkin. Unga ko‘ra, huquqiy tizimning 
asosiy qismlari sifatida quyidagilar alohida ajratib ko‘rsatiladi: 1) huquqiy 
tushunchalar; 2) huquqiy jarayonlar; 3) huquq prinsiplari; 4) huquqiy madaniyat; 
5) huquqiy siyosat; 6) huquq va uni ifoda etuvchi qonunchilik; 7) huquqiy mu-
nosabatlar; 8) yuridik amaliyot; 9) yuridik texnika; 10) yuridik fan.
N.I. Matuzov esa, huquqiy tizimni murakkab, serqirra tushuncha ekan-
ligini ta’kidlab, uni jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha yuridik hodisalar, huquqiy 
vositalar yig‘indisi sifatida ta’riflaydi
1
. Bundan shunday xulosa qilish mum-
kinki, olim huquqiy tizim tarkibini barcha huquqiy hayot, huquqiy ustqurma 
elementlari bilan izohlaydi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, huquqiy tizim – 
murakkab ijtimoiy hodisa sifatida o‘z tarkibida mamlakatdagi mavjud barcha 
huquqiy voqeliklarni, ya’ni, huquqiy vositalar, hodisalar, institutlar, muassasa-
lar, binobarin huquqiy hayotni aks ettiruvchi butun bir reallikni ifodalaydi.
Huquqiy tizimning tarkibiy elementlarini quyidagi guruhlarga ajratish 
mumkin:

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling