Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqiy prinsiplar huquqiy tizim doirasidagi rahbariy g‘oyalar 
yig‘indisini tashkil etadi. Mazkur tushuncha kompleks xususiyatga ega. Chun-
ki, huquqiy tizimning har bir elementi o‘z prinsiplariga ega.
Huquqiy prinsiplar – yo‘naltiruvchi, dastlabki g‘oya bo‘lib, insonlarning o‘z 
oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun xizmat qiladigan, asosiy yo‘nalishni 
ko‘rsatib beradi. Huquqiy tizimni shakllantirishda huquqiy prinsiplar (rahbariy 
g‘oyalar)ning faol harakatini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Huquq ijodkorligi – jamiyat va davlatning huquqiy ehtiyojlarini 
aniqlash va baholash, vakolatli organlarning huquqiy hujjatlarni shakllantirish 
va qabul qilish faoliyatini qamrab oluvchi jarayon.
Huquqni amalga oshirish – huquq normalari orqali ijtimoiy munosa-
batlarni tartibga solish yoki huquqni amalda tatbiq etishda namoyon bo‘ladi. 


348
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Huquqni amalga oshirishning birlamchi shakli qonun chiqarish bo‘lsa, ikkilamchi 
shakli ular orqali ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishdir.
Huquqiy munosabatlar – huquq normalari bilan tartibga solinadigan 
ijtimoiy munosabatlar. Huquq sohalariga ko‘ra ular: konstitutsiyaviy-huquqiy 
munosabatlar, jinoiy-huquqiy munosabatlar, ma’muriy-huquqiy munosabatlar, 
fuqaroviy-huquqiy munosabatlar va boshqa turlarga ajraladi.
Huquqiy tartibga solish mexanizmi jamiyatda turli-tuman ijtimoiy 
munosabatlarga muntazam ravishda va muayyan ketma-ketlikda ta’sir etish 
jarayonidir. Ijtimoiy munosabatlar mazmuni hamda huquqiy normalar ruhi mam-
lakat intilayotgan maqsad va vazifalar, ya’ni: bozor iqtisodiyotiga o‘tish, huquqiy 
davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish manfaatlari bilan chambarchas bog‘liq.
Yuridik muassasalar – huquqiy tizimning muhim tarkibiy qismlari-
dan biridir. Yuridik muassasalar deb – huquq ijodkorligi, huquqni tadbiq 
etish, uni muhofaza qilish hamda huquq buzilishlariga qarshi kurash bilan 
shug‘ullanadigan davlat va boshqa ijtimoiy tashkilotlar tizimiga aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasida yuridik muassasalar tizimiga, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi sud 
hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi prokuratura, bojhona va soliq 
organlari, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, shuningdek vakillik 
hamda davlat boshqaruv organlari, advokatura va hokazolar kiradi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling