Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Huquqiy  tizimning tarkibiy


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet345/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqiy 
tizimning tarkibiy 
elementlari
2-§.


345
XVI bob.
 Huquqiy tizim
va huquqiy islohot
maqomdagi tuzilmalarni qamrab oladi, birlashtiradi. Ta’kidlash joizki, huquqiy 
tizim tarkibiga:
1) 
falsafiy yoki mafkuraviy (huquqning talqini, huquqiy tushuncha va 
kategoriyalar, huquqiy ong, huquqiy mafkura, huquqiy madaniyat);
2) 
normativ (jamiyatda amal qilayotgan huquqiy normalar majmui);
3) 
institunional-tashkiliy (huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash ja-
rayoni bilan bog‘liq yuridik muassasalar);
4) 
sotsiologik, ya’ni ijtimoiy (huquqiy munosabatlar, huquqni tatbiq 
etish, qonuniylik muhiti, yuridik amaliyot) elementlar kiradi.
Huquqiy tizim harakatdagi «jonli» hodisa sifatida talqin etilishi lozim. 
Zero, u ijtimoiy hayotning faol tarkibiy qismi sifatida kishilar o‘rtasidagi muno-
sabatlarni uzluksiz tartibga solish vazifasini bajaradi. Amaliy jihatdan huquqiy 
tizim harakatlanishining dinamik talqini muhim ahamiyat kasb etsa, ilmiy 
nuqtayi nazardan uni statik (harakatsiz) tarzda ajratib olib ifodalash muayyan 
mazmunga ega. Shundan kelib chiqib, huquqiy tizim strukturasini 
statik va 
dinamik jihatdan tavsiflash mumkin.
Statik holatda uning tarkibiy qismlari quyidagilardir: 1) yuridik norma-
lar; 2) huquqiy prinsiplar va institutlar; 3) huquqiy muassasalar yig‘indisi;
4) huquqiy g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar.
Dinamik holatda: 1) huquq ijodkorlik jarayoni; 2) huquqni amalga 
oshirish (qo‘llash) jarayoni; 3) huquqiy munosabatlar; 4) huquqiy tartibga solish 
mexanizmi; 5) huquqiy tafakkur (huquqiy ongning rivoji, ijtimoiy hayotga faol 
ta’siri). Huquqiy tizimning dinamik ko‘rinishi bu mazkur tizim elementlarining 
harakatlanish jarayoni, uning maqsadli yo‘nalishi va pirovardida ko‘rsatadigan 
samarasidir.
Shunday qilib, jamiyat huquqiy tizimi tarkibiga quyidagi asosiy element-
larni kiritish mumkin:
– huquqiy normalar yig‘indisi (huquqiy tizimning o‘zagi);
– huquqiy prinsiplar (rahbariy g‘oyalar);
– huquq ijodkorlik jarayoni (vakolatli idoralarning faoliyati);
– huquqni amalga oshirish, qo‘llash jarayoni;
– huquqiy munosabatlar (huquqiy normaning amalga oshirilish shakli);
– huquqiy tartibga solish mexanizmi;
yuridik muassasalar tizimi;
– yuridik amaliyot (sud amaliyoti, tergov amaliyoti, adliya amaliyoti va 
hokazo);
– huquqiy ong (huquqiy hodisalarning ijtimoiy ongdagi in’ikosi);
– huquqiy siyosat (strategiya);
– huquqiy mafkura (g‘oyaviy-ma’naviy jihat);



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling