Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

342
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
«Huquqiy tizim» tushunchasini talqin etish orqali huquqning ochilmagan 
yangi qirralarini bilib olish va shu bilan bir qatorda huquq to‘g‘risidagi tasav-
vurlarni rivojlantirish mumkin. «Huquqiy tizim» bilan «huquq tizimi»ni qiyoslab 
ko‘raylik. To‘g‘ri, huquq tizimi o‘z tarkibiga huquq sohalari, huquq institutlari, 
huquq normalarini qamrab olgani holda, huquqiy tizimning normativ o‘zagini 
tashkil etadi. Lekin faqat huquqiy normalarning o‘zi huquqiy tizimning hajmini 
to‘liq ifodalay olmaydi. 
Huquqiy tizim huquq normalaridan iborat bo‘lgan obyek-
tiv huquqdan farq qilib, nafaqat bir turdagi elementlarni, balki turli yo‘nalish va 
harakatda bo‘lgan huquqiy tuzilmalarni, g‘oyalarni, prinsiplarni, jarayonlarni 
o‘zida mujassamlashtiradi. Huquqiy tizimga harakatdagi (funksional) hodisa 
sifatida qarash lozim. Huquqiy tizim keng qamrovli tushuncha bo‘lib, muayyan 
makon va zamonda amal qilayotgan huquqiy hodisalar, huquqiy prinsiplar
institutlar, huquq normalari hamda huquqiy jarayonlarning mushtarak bir bu-
tunligi, o‘zaro uzviy bog‘liqligi va aloqadorligidir.
Taniqli olim M.N. Marchenkoning nuqtayi nazariga ko‘ra, huquqiy tizim 
deganda, biror-bir mamlakat doirasida amal qiluvchi barcha yuridik institutlar 
va muassasalarning yig‘indisidan iborat mamlakatning butun huquqiy tuzil-
masi, jamiyatning yagona vujud sifatida huquqiy jihatdan tashkil etilganligi 
tushuniladi. Bu nafaqat huquqiy normalar, shu bilan birga, huquqiy mafkura, 
huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy amaliyot va hokazolarni qamrab 
oladi
1
.
«Huquqiy tizim – o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, mutanosib va bir-biriga ta’sir qi-
luvchi huquqiy vositalardan iborat bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarni, shuningdek, 
u yoki bu mamlakatdagi huquqiy rivojlanish darajasini tavsiflovchi tarkibiy 
qismlarni birlashtiradi»
2
. Ushbu ta’rif ham huquqiy tizim mazmunini yoritishda 
muayyan ahamiyat kasb etadi. 
Prof. N.I. Matuzovning e’tirofiga ko‘ra, «Huquqiy tizimni ichki mu-
vofiqlashgan, o‘zaro bog‘langan, ijtimoiy bir turdagi yuridik vositalarning 
yig‘indisi sifatida ta’riflash mumkin. Davlat ularning yordamida ijtimoiy mu-
nosabatlarga zarur normativ ta’sir (mustahkamlash, tartibga solish, qo‘riqlash, 
muhofaza qilish kabi) ko‘rsatadi»
3
. Lekin fanda «huquqiy tizim» tushunchasini 
«huquq tizimi», «qonunchilik tizimi», «yuridik normalar tizimi» tushunchalari 
bilan aynan bir xil, deb hisoblash uchrab turibdi. Huquqiy tizimni tushunishda
«huquq tizimi» va «huquqiy tizim» kategoriyalarining bir-biridan farqini ajratib 
olish maqsadga muvofiqdir. 

Qаrаng: Марченко М.Н. Теория государства и права в вопросах и ответах. – М., 2001. – 131-bet.

Sаidоv А., Tоjiхоnоv U. Dаvlаt vа huquq nаzаriyasi. Ikki jildli. 2-jild. Huquq nаzаriyasi. – T., 2001. 
48-bet.

Матузов Н.И. Правовая система и личность. – Саратов. 1987. – 26-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling