Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet340/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

339
XV bob.
 Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
Qator hollarda normativ-huquqiy hujjatlarda, kichik sarlavhalarda, 
qisqartmalarni ta’riflashda, maqolaning rasmiy manbayini ko‘rsatishda, xorijiy 
so‘zlarni tarjima qilishda, ba’zan tushunchalarni ta’riflashda, izohlar berishda, 
boshqa moddalarga va normativ hujjatlarga havolalar qilishda hamda ayrim 
boshqa hollarda qavslardan foydalanish mumkin va lozim.
Normativ-huquqiy hujjatlarda raqamlarni yozishda bir xillikni ta’minlash 
katta ahamiyatga ega. Ular, qoida tariqasida, so‘z bilan yoziladi. Sanalar, mod-
dalarning raqamlari, grafiklar, tariflar va boshqa ko‘rsatkichlardagi raqamlar 
bundan mustasno. Shunday qilib, ilmiy ta’riflarni va huquq ijodkorligining 
boshqa texnik vositalarini bir xilda qo‘llash, mukammal va maromiga yetgan 
yuridik konstruksiyalardan foydalanish qonun chiqaruvchi hokimiyat organining 
fikrini aniq, to‘g‘ri va mantiqan izchil bayon etishda alohida ahamiyat kasb 
etadi.


340
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy huqu-
qiy tizimi – nisbatan global ijtimoiy tizim 
bo‘lmish jamiyatning jo‘shqin rivojlanayotgan 
tarkibiy qismlaridan biridir. Huquqiy tizim- 
ning taraqqiy etganlik darajasi, mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy vazi-
yat bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, aholining siyosiy-huquqiy ongi va madani-
yatida namoyon bo‘ladi. Nafaqat huquqshunoslar, balki barcha fuqarolarning 
huquqiy tizim to‘g‘risida muayyan tasavvurga ega bo‘lishlari fuqarolik jamiyati 
barpo etish maqsadlariga erishish uchun nihoyatda muhimdir.
Mamlakatimiz milliy huquqiy tizimining mazmun-mohiyatini to‘la tavsif-
lash uchun «huquqiy tizim» tushunchasini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Umu-
man aytganda, «tizim» tushunchasi yunoncha «systema» so‘zidan olingan bo‘lib, 
«qismlardan iborat butun» degan ma’noni anglatadi. Voqea va hodisalarni tizimli 
o‘rganish falsafa fanining alohida yutug‘i bo‘lib, bugungi kunda barcha sohalar-
ga, jumladan, huquq sohasiga ham joriy etilmoqda. Falsafiy nuqtayi nazardan 
«tizim» ichki izchillik va o‘zaro aloqadorlikni, munosabatlarning bir butunligini 
anglatadi. Tizimning muhim jihati uning strukturaviy xususiyatga ega ekanligi, 
ya’ni voqelikning ichki tarkibiy qismlarga egaligi, bu qismlar orasida pog‘onali 
bo‘ysunishning yuzaga kelishi hamda ularning nisbiy mustaqilligidan iborat
1
.
Har bir fan o‘zi o‘rganayotgan obyektning mazmun-mohiyatini ochish-
ga tobora chuqurroq kirib borar ekan, tadqiq etilayotgan ijtimoiy hodisalarga 
tizimli yondashuv, tizimli tahlil usullarini kengroq qo‘llay boradi. Bu esa, in-
sonning o‘zini o‘rab turgan hodisalar to‘g‘risidagi bilimlarini tobora kengaytirib 
borishiga imkon beradi.
Tizimli tadqiqotlarning dolzarbligi ikki muhim holat bilan belgilanadi. 
Birinchisi, tabiiy va ijtimoiy hodisalarni tizimli, yaxlit tarzda anglash ehtiyoji 
o‘sib borayotganligi bo‘lsa; 
ikkinchisi, zamonaviy nazariy bilim va amaliy faoli-
yat chuqurlashib borayotganligi tufayli ularni yaxlitlikda o‘rganish zaruriyati 
yuzaga kelayotganligidir. Shu sababli bilim va ijtimoiy faoliyatni tizimlashti-

Qаrаng: Блауберг И.В., Юдин Б.Г. Понятие целостности и его роль в научном познании. – М., 
1972. – С.16; Афанасьев В.Г. Системность и общество. – М., 1980. – 21–31-betlar.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling