Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

343
XVI bob.
 Huquqiy tizim
va huquqiy islohot
Huquq tizimi – huquqning ichki tuzilishi, ichki qurilishi – tarkibi bo‘lib, 
u huquqning qanday qismlardan iborat ekanligini va qismlar o‘rtasidagi muno-
sabat hamda nisbatni ko‘rsatadi. Yoki, huquq tizimi – ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga soluvchi huquqning ichki tuzilishi bilan bog‘langan, huquqiy norma-
larni izchil tarzda joylashtirilishining ifodasidir. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib 
turibdiki, huquq tizimi huquqning ichki tarkibiy tuzilishidir. Uning tarkibiga: 
huquq normalari, huquq institutlari va huquq sohalari (tarmoqlari) kiradi. De-
mak, 
huquq tizimi – huquqning ichki tuzilishi, uning tarkibiy qismlarini tash-
kil etilishi va joylashishining muayyan tartibini ifodalaydi. 
Huquqiy tizim esa, mamlakat hududi doirasida amal qiladigan barcha yuri-
dik vositalar, huquqiy jarayonlar, institutlar va muassasalarning yig‘indisidan 
iborat bo‘lib, jamiyatning huquqiy tuzilishi, uning butun huquqiy hayoti va 
huquqiy jihatdan tashkil etilishini ifodalaydi.
Huquqiy tizim nafaqat huquq normalarining o‘zi, balki ularni harakatga 
keltiruvchi, o‘zaro bog‘liq huquqiy hodisalar yoki vositalar hamda ularning bir 
butun harakatdagi ko‘rinishidir. Huquqiy tizim tarkibiga huquq normalari bi-
lan bir qatorda, huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash, huquqiy amaliyot, huquqiy 
ong, huquqiy madaniyat, huquqiy mafkura, huquqiy siyosat, huquqiy tamoyil-
lar, yuridik muassasalar va boshqalar kiradi. Huquqiy tizim asosan muayyan 
mamlakat va davlat miqyosida amal qiladi. Chunki, davlatlarda hokimiyatni 
amalga oshirish usuli, davlat organlarining tashkil etilishi va shu kabi davlat-
ning asosiy siyosiy xususiyatlariga qarab, uning qonunchiligi va huquqiy tizimi 
yaratiladi. 
Huquqiy tizim tushunchasini muayyan davlatlardagi huquqiy voqelik-
ka nisbatan qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bir qator huquqiy tizimlarga xos 
bo‘lgan umumiy xususiyatlarni belgilab olish, ularni huquq oilalari bo‘yicha 
tasniflash imkonini beradi
1
. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, jamiyatda mavjud 
huquq tavsifiga tizimli yondashilganda, uning barcha tarkibiy qismlari xalqning 
manfaat va irodasini ifodalashida namoyon bo‘ladi. Huquqiy tizimning alohida 
tarkibiy qismlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida 
o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘ladi va bir-biriga faol ta’sir ko‘rsatadi. Bun-
day tartibga solish yagona maqsadga, ya’ni jamiyat barqarorligini ta’minlash, 
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimi – mamlakatimizdagi huquqiy 
voqelikni, ijtimoiy borliqning tarkibiy qismi sifatida ifodalovchi nisbatan yangi 
huquqiy kategoriyadir. Mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng, 
mohiyat va mazmun jihatdan mutlaqo yangi milliy huquqiy tizimni shakllanti-

Qаrаng: Вишневский А.Ф. Общая теория государства и права // А.Ф. Вишневский, Н.А. Гар-
баток, В.А. Кучинский; Под общ. ред. проф. В.А. Кучинского. – М., 2004. – 280-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling