347
XVI bob.
Huquqiy tizim
va huquqiy islohot
a) huquq ijodkorligi; b)
huquqni amalga oshirish, qo‘llash jarayoni;
d) huquqiy munosabatlar; e) huquqiy
tartibga solish mexanizmi;
3. G‘oyaviy-mafkuraviy mazmunga ega bo‘lgan elementlar:
a) huquqiy ong; b) huquqiy madaniyat; d)
huquqiy mafkura; e) huquqiy
siyosat; f) yuridik fan (huquqiy tafakkur); g) qonuniylik muhiti va huquqiy
tartibot rejimi.
4. Tashkiliy tarkibiy elementlar:
a) yuridik muassasalar: huquqiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
davlat or-
ganlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar.
Huquqiy tizimni tushunishda uning tarkibiy qismlari mazmunini chuqur
bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Quyidagi elementlar bir butun yaxlit holda
huquqiy tizimni tashkil etadi: huquq, huquq tizimi, huquqiy tamoyillar, huquq
ijodkorligi, huquqni amalga oshirish,
huquqiy munosabatlar, huquqiy tartibga
solish mexanizmi, yuridik muassasalar tizimi, yuridik amaliyot, huquqiy siyo-
sat, huquqiy mafkura,
huquqiy ong, huquqiy madaniyat va boshqalar. Huquqiy
tizimning har bir elementiga alohida to‘xtalamiz.
Huquq – jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, fuqaro-
larning hayotiy faoliyatini belgilab beruvchi, davlat tomonidan qabul qilingan
yoki ma’qullangan yashash qoidalari tizimidir.
Yuqorida ta’kidlanganidek,
huquq tizimi – bu huquqning tarkibiy
tuzilishi bo‘lib, o‘z
tarkibiga huquq normalari, huquq institutlari va huquq
sohalarini qamrab oladi. Huquq tizimi huquq normalarining tashkiliy tu-
zilishi bo‘lib, uning mavjud bo‘lishi obyektiv shart-sharoitlarga (milliy,
madaniy, tarixiy va sh.k.) bog‘liq va huquqning ichki tuzilishini ifodalaydi.
Huquq tizimi huquqiy tizimning normativ asosi hisoblanib, boshqa tarkibiy
elementlarning shakllantiruvchi va harakatini tartibga soluvchi birlamchi
omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: