Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet361/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

359
XVI bob.
 Huquqiy tizim
va huquqiy islohot
huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha yangi Milliy dasturni yaratishda 
bosh-qosh bo‘lishi maqsadga muvofiq»
1
.
Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni muvaffaqiyat bilan hayot-
ga tatbiq etish yangicha huquqiy ong, huquqiy madaniyatni shakllantirish bilan 
ko‘p jihatdan bog‘liq. Huquqiy madaniyatni ijtimoiy ongga singdirish hamda 
aholining yurish-turishi hamda fe’l-atvorida tegishli ko‘nikmalarni shakllan-
tirish jo‘ngina uddalanadigan ish emas. Huquqiy madaniyatni shakllantirish 
barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, nodavlat tash-
kilotlar, mahalla jamoalari, maktab, oila, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 
bahamjihat, maqsadga yo‘naltirilgan ulkan ma’rifiy-tashkiliy faoliyati natijasida 
amalga oshadigan ishdir. 
Huquqiy madaniyat darajasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas
balki ularning bajarilish saviyasi va samarasi bilan belgilanishi yaxshi ma’lum. 
Bozor iqtisodiyoti sari borayotgan yo‘limiz biz uchun huquqiy tarbiya mak-
tabi bo‘lmog‘i darkor. Binobarin, bundan kelib chiqadigan muhim saboq shu-
ki, qonunga amal qilgan holda yashash va mehnat qilishni o‘rganishimiz, o‘z 
huquq va erkinliklarimizni qonun orqali himoyalashni, o‘z majburiyatlarimizni 
og‘ishmay bajarishni o‘rganib olishimiz kerak. Boshqa odamlarning huquqlari, 
erikinliklari va manfaatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rganib 
olish lozim.
Sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovni de-
mokratlashtirish, sud-huquqiy islohotini amalga oshirish. Sud islohoti 
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati umumiy shakllanish jarayonining ajralmas 
zaruriy tarkibiy qismidir. Sud-huquqiy islohoti mamlakatda qonun chiqaruvchi 
va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari bilan teng, mustaqil kuchli sud hokimiyatini 
vujudga keltirishning muhim omilidir.
Sud hokimiyati – uch hokimiyatning biri, uning yuksak nufuzli huquqiy 
holati jamiyat va davlat hayotida inson huquqlari, demokratiya va qonuniylik 
barqaror bo‘lishining asosiy shartidir. Zero, sud hokimiyatining vazifasi – fuqa-
rolarning huquq va erkinliklarini, mamlakat konstitutsiyaviy tuzumini himoya 
qilish, qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga 
muvofiqligini ta’minlash, qonunlarni va boshqa normativ hujjatlarni ijro etish 
va qo‘llashda qonuniylik hamda adolat uchun kurashishdan iborat. 
Mustaqil O‘zbekistonda davlat hokimiyatining taqsimlanishi real joriy 
etilishi bilan chinakam tom ma’nodagi sud hokimiyatining qaror topishiga yo‘l 
ochildi. Bu o‘rinda o‘ta muhim narsa – sudning davlat hokimiyatining bir 
bo‘g‘ini sifatida tegishli qat’iy vakolatlar sohibi ekanligini tan olishdir. Jamiyat 

Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq 
fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 10-bеt.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling