Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Huquqni qo‘llash
jarayoni va subyektlari 4-§. 373 XVII bob. Huquqning harakatlanishi va uni amalga oshirish ajratib ko‘rsatiladi: birinchisi, ishning faktik tomonini aniqlash; ikkinchisi, ko‘rilayotgan yuridik ishga mos keladigan huquq normasini tanlab olish; uchin- chisi, ishni mazmuni bo‘yicha hal etish, ya’ni huquqni qo‘llash aktini chiqarish 1 . Bundan tashqari huquqni qo‘llashning mustaqil bosqichlari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi: a) ishning holatlarini aniqlash va tadqiq etish; b) huquq normasini qonuniylik, zamon, makon hamda shaxslar bo‘yicha amal qilishi nuqtayi nazaridan tanlash va tahlil etish; d) huquq normasi mazmunini tahlil etish va qaror qabul qilish (yakka tartibdagi hujjat chiqarish); e) qabul qilingan qaror mazmunini manfaatdor davlat organlari, jamoat tashkilotlari va mansabdor shaxslarga yetkazish 2 . Huquqni qo‘llash bosqichlarining soni jiddiy ahamiyatga ega emas. Muhi- mi, huquqni qo‘llashning mazmun va mohiyatini ochib berishdan iboratdir. Huquqni qo‘llash bosqichlarining har biri qonunchilik talablariga javob beruv- chi ma’lum fakt va yuridik harakatlarning sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. Huquq normalarini qo‘llash bosqichlari quyidagilardan iborat: – huquq normasining qo‘llanishini talab qiluvchi ishning faktik tomonini tahlil etish; – ko‘rilayotgan ishga mos keladigan huquq normasini tanlab olish, uning mazmunini aniqlash va sharhlash; – huquqni qo‘llash aktini chiqarish va uning bajarilishini ta’minlash cho- ra-tadbirlarini ko‘rish; – qo‘llanish aktining amalda bajarilishini tekshirish va uning ustidan nazorat o‘rnatish. Bu harakatlarning hammasi qonunchilik talablari asosida vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar yoki jamoat tashkilotlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida olib borilish lozim. Huquq normalarini qo‘llanish jarayoni quyidagi bosqichlar orqali namoyon bo‘ladi: Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling