17
2.2 Kvant teleportatsiyasi
2012-yilning qop-qorong‘i, oysiz tunlarining birida olimlar Kanar
orollarining bir nuqtasidan boshqasiga kvant teleportatsiyasini amalga oshirish
bo‘yicha rekord o‘rnatishdi. O‘shanda, oraliq masofa 144 km ni tashkil qilgan.
Bunda, bir-biri bilan «ulab» qo‘yilgan fotonlardan foydalanilgan bo‘lib, kvant
chigalligi tufayli, ushbu fotonlardan istalgan biriga qilingan tashqi ta’sir,
ikkinchisida ham shu zahotiyoq namoyon bo‘lar edi va bunda, ular orasidagi
masofaning umuman hech qanday ahamiyati bo‘lmasdi. Vena universitetining
Anton Saylinger boshchiligidagi ilmiy guruhi juft fotonlardan birini boshqa
orolda joylashgan qabul qiluvchiga uzatdi va ushbu juftlikdan, boshqa bir kvant
obyekti haqidagi axborotni uzatish uchun aloqa kanali sifatida foydalandi. «Kvant
teleportatsiyasi» jumlasining o‘zi qandaydir fantastika janriga oid tarzda
yangraydi. Shu sababli ham, 1993-yilda Charlz Bennet va uning hamkasblari ushbu
konsepsiyani ommaga oshkor qilishganida, mazkur g‘oya darhol ko‘pchilikni
o‘ziga jalb etdi. Hozirgi davrda esa, kvant teleportatsiyasi sohasi – axborot
texnologiyalari va telekommunikatsiyalar uchun yorqin kelajak va’da qilayotgan
muhim amaliy tadqiqot obyektidir. Hozirgacha olimlar kvant teleportatsiyasini bir
necha turli usullar bilan eksperimental tarzda uddalay olishdi. Xususan, kvant
teleportatsiyasi seziy atomi bulutida va elektr zanjirlarida amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |