Tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti
Download 446.63 Kb. Pdf ko'rish
|
712 18 AXu Yoqubov Muxammadsolix 23 variant
16 2.1 Kvant shifrlash Yozuv paydo bo‘lganidan buyon odamlar xatxabarlarni shifrlab jo‘natishga urinib keladilar. Oddiy xat xabarlarni shifrlash usullari va tizimlari tobora murakkablashib borgan bo‘lsa-da, lekin, oxiroqibat har qanday qiyin kodni ham aniqlash va maxfiy xabarni shifrdan yechish yo‘li baribir topilgan. Bu borada kvant fizikasi taqdim etayotgan va «bir martalik bloknot» deb nomlanadigan shifrlash usuli esa mutlaqo ishonchli va puxta shifrlash usuli deb ta’kidlanmoqda. Bunda, har bir harfning son qiymatiga qandaydir tasodifiy qo‘shiladi va natijada, bunday ishlov berilgan matn yakunda mutlaqo tasodifiy tartibdagi harf va belgilardan iborat bo‘lib qoladi. Bunday tasodifiy kodlangan matnni esa shifrdan yechish deyarli imkonsiz bo‘ladi va uni faqat kalitga ega bo‘lgan odamgina shifrdan ocha oladi. Lekin, bunday shifrlashning ham amaliy qo‘llashda muhim bir kamchiligi mavjud. Ya’ni uning kalitini shunchaki, oddiy josuslik (tintuv) bilan topib olish mumkin. Biroq, kvant fizikasida ushbu muammoning ham yechimi topilgan. Kvant shifrlashning eng ishonchli usulini olimlar Charlz Bennet va Jil Bassar ishlab chiqishgan bo‘lib, ularning texnologiyasida shifrga kalit sifatida, muayyan fotonlarning qutblanishi xossasidan foydalaniladi. Bu – kvant kriptografiyasining poydevori sanaladi. Shu tarzdaular, shifrlanganda tasodifiy sonlarning bir martalik (qayta takrorlanmas) ketma-ketligi bilan himoyalanadigan kriptografik shifrlash usuliga ega bo‘lishdi; lekin, ushbu kodni keraksiz odamlar qo‘liga tushib qolishining o‘zidan himoyalovchi texnik usul oddiyligicha qolavergani bois, ularda muayyan texnik qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Shunga qaramay, mazkur usulning kelajagi porloq deya baholanmoqda. Chunki, kvant chigalligi, maxfiy xabarni jo‘natish paytida hali mavjud bo‘lmagan kalit bilan shifrlash imkonini beradi va bu kalit, faqat xabarni ochish paytida (u qachon ochilishidan qat’iy nazar!) ma’lum bo‘ladi. Odatda aynan tasodifiylik xossasi kvant chigalligidan amaliy foydalanish imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Lekin, ushbu, kvant shifrlashi sohasida, aynan tasodifiylik – ishonchli va puxta kalit sifatida, maxfiy axborotni mukammal shifrlash imkonini bermoqda. |
ma'muriyatiga murojaat qiling