Tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti


Download 446.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana02.01.2022
Hajmi446.63 Kb.
#196086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
712 18 AXu Yoqubov Muxammadsolix 23 variant

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1.1 Kvant kompyuterlarning rivojlanishi 


 

Yirik IT-korporatsiyalar, oddiy kompyuterlarning o‘rnini egallaydigan kelajak 

kompyuterlarni  ishlab  chiqishga  allaqachon  kirishishgan.  Ushbu  inqilobiy  yangi 

kompyuterlar - kvant kompyuterlari bo‘ladi. Eng kamtarona chamalashlarga ko‘ra, 

kvant  kompyuterlarining  tezlik  va  axborot  saqlash  hajmi  bo‘yicha  imkoniyatlari 

hozirgi  zamonaviy  eng  kuchli  superkompyuterdan  ham  yuzlab  marta  kuchliroq 

bo‘ladi. Ekspertlarning ishonch bilan aytishicha, o‘sha, kelajak kvant kompyuterlari 

vositasida saraton kasalliklariga davo topish, jinoyatchilarni bir lahzada tutish, DNK 

molekulalarini  tahlil  qilish  singari  muammolarni  hal  qilish  mumkin  bo‘lar  ekan. 

Ushbu va shunga o‘xshash yuzlab masalalar borki, haqiqatan ham, ularga hozirgi 

zamon superkompyuterlarining “tishi o‘tmaydi”. Kvant kompyuterlari esa, biz hali 

tasavvurimizga ham kelmagan yana minglab masalalarga yechib bersa va istiqbolda 

yana o‘zimiz kutmagan yangi qulayliklar, imkoniyatlar eshigini ochsa ajab emas. 

Kompyuterni kompyuter qilib turadigan eng asosiy qismi - uning prosessoridir. 

Kompyuterning  qay  darajada  kuchli  ekani  aynan  prosessorga  bog‘liq  bo‘ladi.  IT-

mutaxassislar  slengida  “tosh” deyiladigan  ushbu  matoh  o‘zi  ham  minglab 

sondagi tranzistorlardan  tuzilgan  bo‘ladi.  Tranzistor  bu  sistemaning  eng  sodda 

tarkibiy  birligi  bo‘lib,  u  qaysidir  ma'noda  -  “o‘chirib-yoqish” uskunasi 

(pereklyuchatel) ga o‘xshaydi. Tranzistor ikki xil holatdan birida bo‘lishi mumkin. 

Ya'ni, u yoki “yoniq” yoki, “o‘chiq” bo‘ladi. Tranzistorlarning aynan shunday holat 

kombinatsiyasidan  “ikkilik  kod” yuzaga  keladi.  Ikkilik  kod  esa  nol  va  bir 

raqamlaridan  iborat  bo‘lib,  tranzistorning  “o‘chiq” holatiga  0  raqami, 

“yoniq” holatiga esa 1 raqami muvofiq keladi. Dasturlash tillari va axborotni uzatish 

hamda,  saqlash tamoyillari  aynan  ushbu  0  va  1  raqamlarining  kombinatsiyalariga 

asoslanadi.  Men  holat  deb  atayotgan  ushbu  0  va  1  raqamlari  informatikada 

“bit” deyilishini aytib o‘taman. 




 


Download 446.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling