Tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti


Download 446.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana02.01.2022
Hajmi446.63 Kb.
#196086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
712 18 AXu Yoqubov Muxammadsolix 23 variant

 

 


 



I-bob. Kvant kompyuteri 

Kvant kompyuterlari haqida deyarli hamma eshitgan. Lekin, kvant kompyuteri 

qanday ko‘rinishi va uning tuzilishi haqida hamma ham aytarli tasavvurga ega emas. 

Men quyida, kvant kompyuterlarining ishlash tamoyillari va tuzilishi haqida imkon 

qadar tushunarli tilda bayon qilmoqchiman. 

Hozirda dunyodagi yetakchi IT-kompaniyalarda o‘ta kuchli superkompyuterlar 

mavjud va ular axborotni 50 petaflops tezlik bilan qayta ishlay olish quvvatiga ega. 

Ma'lumot  uchun:  1  petaflops  -  soniyasiga  1  trillion  operatsiya  bajaradigan 

jarayondan  1000  tasi  demakdir  (kalkulyatorga  tusha  ko‘rmang,  baribir  nollar 

yetishmaydi).  Bu  hozircha,  insoniyatning  axborotni  saqlash  va  qayta  ishlashga 

bo‘lgan  ehtiyojini  qondirishga  yetarli  bo‘lmoqda.  Lekin,  axborot  hajmining 

yuqorida  aytilgani  singari  o‘sish  sur'atlari  saqlanar  ekan,  yaqin  yillarda  bizga  bu 

kamlik  qilib  qolishi  hech  gap  emas.  Albatta,  yirik  IT-korporatsiyalar  o‘zlarida 

mavjud superkompyuterlarni yanada kattalashtirib, jismonan yirikroq qilishi orqali

unda saqlanishi mumkin bo‘lgan axborot hajmini ham ko‘paytirishi mumkin. Lekin, 

bu ham masalaga yechim bo‘la olmaydi. Chunki, ertami-kechmi, baribir jismoniy 

hajm  ham  o‘z  chegarasiga  yetib  keladi.  Qolaversa,  protsessorning  amaliy 

imkoniyatining  ham  muayyan  fizik  chegarasi  mavjud  va  ushbu  chegara  ham  tez 

orada zabt etib qo‘yilsa, axborotni qayta ishlash tezligi o‘zining chek-chegarasiga 

yetib  kelgan  bo‘ladi.  Xullas,  bu  ketishda,  yaqin  yillarda  Mur  qonuni  o‘z  kuchini 

yo‘qotadi  va  insoniyatga,  hozirgi  superkompyuterlardan  ham  ko‘ra  kuchliroq  va 

tezkorroq bo‘lgan tamomila yangi turdagi axborot saqlash va qayta ishlash vositalari 

zarur  bo‘lib  qoladi.  Yodingizga  solib  o‘tsam:  Mur  qonuni  shunday  xulosaki,  u 

muallif Grexem Murning 1965-yilda olib borgan kuzatishlariga asoslangan bo‘lib, 

unga ko‘ra, elektron qurilmalarning axborotni saqlash va qayta ishlash imkoniyati 

har yili 2 barobardan oshib borar ekan. Albatta, 60-yillarda bu qonun haqiqatan ham 

dolzarb bo‘lgan. Lekin, zamonaviy elektronika o‘z imkoniyatlari chegarasiga yetib 

kelmoqda. Hozirda Mur qonuniga allaqachon tuzatishlar kiritilgan bo‘lib, ya'ni, 90-

yillardan  boshlab,  elektron  uskunalarning  axborotni  saqlash  va  qayta  ishlash 

imkoniyati har yili emas, balki, har 18-oyda ikki barobar o‘smoqda. Ya'ni, axborotni 




 

saqlash  va  qayta  ishlashga  bo‘lgan  fizik-jismonan  imkoniyatining  o‘sish  sur'ati 

allaqachon pasaygan. Boz ustiga, mutaxassislar bugunga kelib, ushbu o‘sish sur'ati 

endilikda  hatto  18-oy  ham  emas,  balki,  2-yilni  tashkil  qilmoqda  deb  bong 

urishayotir. Xullas, xulosa shunday - bizga endi, ko‘zimiz o‘rganib, aqlimiz tanib, 

fe'limiz ko‘nikib qolgan oddiy - klassik kompyuterlardan va hatto siz bilan menga 

o‘xshagan  oddiy  odamlarga  imkonsiz  bo‘lgan  superkompyuterlardan  ham  ko‘ra 

qudratliroq bo‘lgan tamomila yangi turdagi kompyuterlarga ehtiyoj uyg‘onmoqda. 

Vahima qilayotganim yo‘q. Bu haqiqatan ham shunday. Rivojlanish tendensiyalarini 

oldindan  chamalab  kelayotgan  yirik  IT-kompaniyalar  esa  allaqachon  otni 

qamchilashgan. Ishonavering, yaqin yillarda biz axborotni saqlash va qayta ishlash 

borasida  tamomila  yangi,  inqilobiy  zamonga  qadam  qo‘yamiz.  Bu  xuddiki,  bir 

zamonlar  odamlar  hamma  narsani  esda  saqlab  yurishga  majbur  bo‘lishgani-yu, 

keyinchalik, yozuv ixtiro qilingach, axborotni yozib qo‘yish orqali ko‘p miqdorda 

ishonchli saqlashga o‘tilgani sivilizatsiya tarixida qanchalik katta inqilob bo‘lgan 

bo‘lsa, men aytayotgan yangi kompyuter texnologiyasi ham bundan kam darajadagi 

inqilob bo‘lmaydi. Yoki, odamlar yozishni bilgani bilan, kitoblarni qo‘lyozma orqali 

ko‘chirib  ko‘paytirgani  bois,  bilimlar  juda  sekin  tarqalgan  zamonlardan  keyin, 

Iogann  Gutenberg  ismli  zot bosma  matbaachilikni,  ya'ni,  kitob  bosishni  ixtiro 

qilgach, insoniyat sivilizatsiyasi ma'lumot almashinuv bo‘yicha yana ulkan, ikkinchi 

inqilobni amalga oshirgani ham, kutilayotgan inqilob oldida cho‘t bo‘lmay qoladi. 


Download 446.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling