Toshkent amaliy


I-BOB KLASSIK IQTISODCHILARNING IQTISODIY MUVOZANAT NAZARIYASI XUSUSIYATLARI…


Download 183.7 Kb.
bet2/17
Sana09.11.2023
Hajmi183.7 Kb.
#1759830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
farxod

I-BOB KLASSIK IQTISODCHILARNING IQTISODIY MUVOZANAT NAZARIYASI XUSUSIYATLARI…...............
1.1 Makroiqtisodiyotda Keynsning muvozanat nazariyasi va uning asoslari
Keynschilik — iqtisodiyot nazariyasidagi yetakchi yoʻnalishlardan biri, jamiyat hayotida bir qator makroiqtisodiy hodisalarning oʻzaro taʼsir koʻrsatishini tahlil qilish asosida bozor xoʻjaligi faoliyati mexanizmlarini sharhlaydi va davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi amaliyotini asoslab beradi. 20-asrning 30-yillarida paydo boʻldi. Asoschisi ingliz iqtisodchisi John Maynard Keynes. Keynschilikning asosiy tamoyillari uning „Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi“ (1936) asarida bayon etilgan. 20-asrning boshlariga kelib iqtisodiyotning beqarorligini bartaraf etish, chuqur iktisodiy tangliklardan chiqish yoʻllarini izlash tarzida maydonga keldi. Bu davrga kelib klassik siyosiy iqtisod maktablari va ulardan iqtisodchilarning bozorning toʻla samaradorligi va oʻz-oʻzini tartibga solish gʻoyalari amalda toʻla oʻz tasdigʻini topmadi. Keynschilikning asosiy gʻoyasi — bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi nomukammal, shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy oʻsishni faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi taʼminlay oladi. Keyns bozor iqtisodiyotidagi inqiroz va tangliklarning asosiy sababini shaxsiy isteʼmol buyumlari va iqtisodiy izchillik maqsadlaridagi mahsulotlarga „samarali talab“ (tadbirkorlarning eng yuqori foyda olinishini taʼminlaydigan talab)ning yetarli hajmda boʻlmasligida koʻradi va umumiy talab hajmini oshirish zarurligini koʻrsatadi. „Samarali talab“ 2 omillar guruhiga — isteʼmol tovarlari bozori va iste’mol chizig’I vositalari bozoriga bogʻliq. Isteʼmol talabi hajmi „isteʼmolga moyillik“ va „asosiy ruhiyat qonuni“ bilan aniqlanadi. Bu qonunga koʻra, jamiyatning ruhiyati shundayki, umumiy real daromad ortishi bilan umumiy isteʼmol ortadi, ammo bu oʻsish daromadlar oʻsishidan past boʻlgani sababli iqtisodiy oʻsishga yordam beradigan jamgʻarmalar hosil boʻladi.
Keyns oʻzining „ nazariyasi“ asosida iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillarini ilgari surdi va davlatning inqirozga qarshi iqtisodiy siyosati dasturini ishlab chiqdi. Muvozanat holatida aholining ish bilan taʼminlanishi, darajasi umumiy taklif, isteʼmolga moyillik va investitsiya hajmiga bogʻliq. Bandlik darajasi isteʼmolga moyillik ortgan sharoitlarda, investitsiyalar hajmi koʻpayganda ham roʻy beradi, isteʼmol tovarlari va iste’molchi vositalariga talabning ortishi taklifning oʻsishiga olib keladi, oʻz navbatida, oʻsib boruvchi taklif yanada ortishini taʼminlaydi. Mehnat taklifi unga boʻlgan talabdan oshib ketsa ishsizlik kelib chiqadi. Uning fikricha, ishsizlikning boʻlishi bozor iqtisodiy tizimining oʻzida mavjud. Ishsizlik tufayli nisbatan ortiqcha ish kuchining bir qismi ishsizlar qatoriga siqib chiqariladi va tizimda yana muvozanat tiklanadi. Bunday sharoitda davlat isteʼmol va investitsion tovarlar haridori sifatida iqtisodiyotdagi umumiy talabga taʼsir etishi mumkin. Fiskal yoki kredit-pul siyosati, ayniqsa, soliq tizimi orqali umumiy talabni oshirish mumkin. Demak, Keyns nazariyasiga koʻra, toʻla boʻlmagan sharoitida ham umumiy muvozanat saqlanishi mumkin.
Keyns investitsiyaga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, investitsiyalar iste’molchi isteʼmolini kengaytirish, izdan chiqqan umummilliy proporsiyalarni tiklash vositasidir. Investitsiyalar qiymati bilan milliy daromad oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlik multiplikator tamoyilini qoʻllash asosida aniqlanadi (qarang Multiplikator nazariyasi). Shunga koʻra, investitsiyalarning har qanday oʻsishi isteʼmolning katta solishtirma hissasi va oʻsish surʼatlariga qaraganda daromad, asos va iste’molchining koʻproq darajada yanada proporsional oʻsishini taʼminlaydi. Shu sababli investitsiyalarda mujassam boʻlgan talab iqtisodiy taraqqiyotni davlat harajatlarini kengaytirish, shuningdek, taqchilli byudjetdan moliyalash yoʻli bilan tartibga solish va ragʻbatlantirishning asosiy obʼyekti tarzida eʼtirof etiladi.
Davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi investitsiyalar uchun mablagʻlar, imkoni boricha aholini ish bilan toʻla band qilish va foiz normasini qatʼiy belgilashga bogʻliq boʻladi. Foiz stavkalari qanchalik past boʻlsa, investitsiyalarga ragʻbat shunchalik koʻpayadi, investitsion talab oshadi, oʻsadi, ishsizlik kamayib boradi. Iqtisodchi omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik toʻla jalb etilsa, amalda oʻsib boruvchi narxlar yuzaga keladi (pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar toʻliq foydalanilmagan paytda ham narxlarning moʻtadilligi saqlanishi mumkin. Keyns nazariyasi boʻyicha pul massasini 2 marta oshirish narxlarning 2 marta oshuviga olib kelmaydi. 3—6 % ishsizlik norma deb qaraladi va „toʻla sifatida talqin etiladi. Bunda boshqa ko’plab assoslar ham ko’riladi.

Keyns gʻoyalari oʻz davrida, Ikkinchi jahon urushi va undan yillari katta taʼsirga ega boʻldi, ammo bir qancha oʻzgarishlarga uchradi. Ayniqsa, urush bilan bogʻliq siyosat davlatning iqtisodiyotda faol ishtirokini talab etdi, urushdan tiklanish yillari ham bu gʻoyalar ustun boʻldi (Germaniya, Italiya, Ispaniya).45


20-asrning 70-yillarida sanoati rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotida ijtimoiy yoʻnaltirilganlik kuchaydi (davlat ortib bordi), davlat byudjet qarzlari koʻpaydi, ishsizlik kam oʻsdi, inflyasiya kuchli boʻldi, chuqur iqtisodiy tangliklar yuz berishi davom etdi, iqtisodiy sikllarning takrorlanish davri qisqardi, ana shunday sharoitda liberal (neoliberal) g’oyalar ustunlikni egallay boshladi. AQShda reygonomika, Buyuk Britaniyada tetcherizm davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirdi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi. Keynschilik gʻoyalari neokeynschilik vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi.


Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baxolarning umumiy muvozanat nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat kontseptsiyasiga ko`ra iqtisodiyotda fakatgina to`lik bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo`lishi mumkin. Bunday xulosa John Seyning bozorlar qonuniga tayanadi. Bu konunga ko`ra mexnat taksimotiga asoslangan iqtisodiyotda har bir sub`ektning ishlab chiqarishi bir vaqtning o`zida boshka sub`ektlarning ishlab chiqarish natijalariga talab xisoblanadi. Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo`ladi. Klassik iqtisodchilar fikriga ko`ra AD ≠ AS holati ro`y bermaydi, umumiy xarajatlar miqdori yetishmay qolgan, ya`ni AD< AS xolati ro`y bergan sharoitda xam baxo, ish haqi va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab chiqarishning real hajmi, noreal va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi.
Makroiktisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish xajmi resurslarning bandliligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining funktsiyasi xisoblanadi, va egiluvchan baxolar mexanizmi tomonidan potentsial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. Egiluvchan baxolar mexanizmi xisobiga bozor iqtisodiyoti barcha mavjud resurslarning to`lik bandlilgini ta`minlab turadi.
Klassik makroiktisodiy muvozanat modelining o`ziga xos xususiyati pulning neytralligi printsipini ko`zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chiqarishga xech qanday ta`sir ko`rsatmaydi degan printsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat kilishi, ya`ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko`ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya kontseptsiyasi shakllantirilgan. Klassik dixotomiya kontseptsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori aloxida-aloxida amal kiladi, ular o`rtasidagi muvozanat avtomatik barkarorlashtirgichlar orqali ta`minlab turadi deb xisoblanadi.
Pul bozori investitsiya va jamg’armalar tengligini xamda to`liq sharoitini ta`minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo`lishi mumkin, deb xisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuqtasida ishlab chiqarish hajmi (Y) uning potentsial hajmiga esa (Y*) teng. Iktisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir kismi jamg’arilishi yalpi talabning yalpi taklifni qoplashi uchun yetishmasligiga olib kelmaydi, chunki xar bir jamg’arilgan so`m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta`kidlashadi.Agarda, tadbirkorlar uy xo`jaliklarining jamg’armalari miqdorida investitsiya qilishsa, ishlab chiqarish xamda darajalari doimiy bo`lib qoladi.
Klassik iqtisodchilar ta`kidlashlaricha, kapitalizmning o`ziga xos pul bozori mavjud va bu bozor jamg’arma va investitsiyalarning tengligini ta`minlaydi. Bunda tenglashtiruvchi omil ro’lini foiz stavkasi o`taydi . Shuning uchun xam to`lik noodatiylik mavjud bo`ladi. Bu iqtisodchilar davlatning iqtisodiyotga aralashuvi qisqa muddatli samara bersada, uzok muddatga, oxir-oqibat bozor iqtisodiyotining tabiiy xarakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi uchun, salbiy oqibatlarga olib keladi deb xisoblashadi.
1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi, ish bilan moddiylik nazariyasini kiritadi. U o`zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izoxlab berdi.
Keyns makroiktisodiy muvozanatga to`liq bo`lmagan sharoitida xam erishish mumkinligini, to`la ish bilan bog’liq qonuniy xolat emasligini, balki tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro`y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat kabi vaziyatlargagina bog’liq emasligini, balki u tinchlik yillarida xam ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chikishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg’armalarga bevosita bog’liq. Narxlarning oshishi va ish xaqining pasayishi boshka salbiy omillar bilan birga iktisodiyotning beqarorligiga olib keladi.Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamg’armalarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro`y beradi..
Bunga sabab birinchidan, jamg’arish va investitsiyalash to`grisidagi qarorlarni xar xil guruhlardagi odamlar turli maksadlarda qilishi bo`lsa, ikkinchidan, jamg’aruvchilar va investorlarni jamg’arish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar fikricha, jamgarma va investitsiyalar bitta omilga boglik bo`lmagan xolda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar kiymati o`zining ish xaki mikdoridan ortik bo`lgan maxsulotlarni sotib olish uchun, masalan avtomobil yoki boshqa shu kabi transport vositalarini xarid kilish uchun jamg’arishadi. Jamg’armalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste`molini qondirish maqsadida, ya`ni, uy xo`jaliklari oila boshligining nafakaga chiqqandan xayotini yoki bolalari kelajagini ta`minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg’armalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maqsadida xam amalga oshiriladi.
Investorlarni investitsiya kelishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir.Klassiklar nazariyasi bo`yicha jamg’arma va investitsiyalar miqdorini aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi xisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo`jaliklari kamroq iste`mol kilib, ko`prok jamg’arishga xarakat qilishadi. Uy xo`jaliklarida jamg’armalarning ko`payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o`z vaqtida investitsiyaning o`sishini ta`minlaydi.
Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi daromadi iste`mol va jamg’arish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan xolda Keyns o`zining makroiktisodiy muvozant modelini ishlab chiqdi. Bundan kelib chiqib bilamizki modelga ko’ra hamma jamg’aradi va o’zining asosan moddiy yordam beruvchi narsalariga keyin ma’naviy yordam beradigan narsalariga qaratiladi buni bir sxema disak ham bo’ladi .


Download 183.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling