Toshkent amaliy


Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyotda xaqiqiy rejalashtirilgan xarajatlar


Download 183.7 Kb.
bet3/17
Sana09.11.2023
Hajmi183.7 Kb.
#1759830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
farxod

1.2 Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyotda xaqiqiy rejalashtirilgan xarajatlar.
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo`lgan yo`qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun xam Keynsning iktisodiy nazariyasini ko`p hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning o`zgarishi makroiktisodiy bekarorlik sabablaridan biridir.
Xaqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini o`z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga manaviy – moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o`zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg’arma va investitsiyalar miqdorining o`zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiktisodiy muvozanatni ta`minlaydi.6


Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo`jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning maxsulot va xizmatlarni sotib olishga mo`ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulotlarni sotishdagi kutilmagan o`zgarishlar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar kelishga olib kelsa, xakikiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan 
xarajatlar funktsiyasi :E=S+ I +G+Xp ko`rinishiga ega. Demak uning grafigi iste`mol funktsiyasi (S=a+ v (U-T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xp miqdorda yuqoriga surilgan bo`ladi. Keltirilgan Xp -sof eksport bo`lib, uning funktsiyasi esa quyidagi ko`rinishga ega:
Xp = g – m’Y

Bu erda :g – 
avtonom sof eksport;
m’ - importga chegaralangan 
moyillik; Y – daromad.
Importga chegaralangan moyillik import xarajatlaridagi o`zgarish miqdorini bunga sabab bo`lgang daromadlardagi o`zgarish mikdoriga bo`lib topiladi.

m’ = 
ΔM / ΔY;
Bu erda:
ΔM – importga xarajatlarning o`zgarishi;
ΔY – daromadlarning o`zgarishi.

Yalpi daromadlarning o’sishi bilan import xam oshadi. Chunki, bunda iste`molchilar va investorlar xam milliy xam import maxsulotlarga bo`lgan xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti xajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog’liq bo`lmaydi, balki olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o`zgarishiga bog’lik bo`ladi. Shuning uchun xam mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o`zgarishi bilan sof eksport (Xp) o`rtasidagi bog’liqlik salbiydir eksport funktsiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi.

Keynsning makroiktisodiy muvozanat modelini ko`rib chiqish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o`zgarishiga bog’lik emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to`laligicha avtonom xarajatlar miqdoriga qo`shiladi, ya`ni avtonom xarajatlar (S + I + G +Xp) yig’indiga teng deb olinadi.





Download 183.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling