Toshkent Arxitektura qurilish instituti “ Muhandislik qurilish infrastrukturasi ” fakulteti “ Geodeziya va kadastr ” kafedrasi


Download 120.95 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi120.95 Kb.
#1519117
  1   2
Bog'liq
Grafik




Toshkent Arxitektura qurilish instituti
Muhandislik qurilish infrastrukturasi ” fakulteti
Geodeziya va kadastr ” kafedrasi
Geodeziya, kartografiya menejmenti va iqtisodiyoti ” fanidan
HISOB GRAFIK ISHLARI

Bajardi :
Tekshirdi : .

4-amaliy ish.
Poligonametriya punktlarini joyda mahkamlash

Punktlarni o’rnini joyda yasalgan siniq chiziqli ochiq ko’pburchakli (ochiq poligon) tomonlari va burchaklarni o’lchash orqali aniqlash usuli poligonometriya deb ataladi. Bu usulda koordinatalari aniqlanadigan punktlarni tutashtiruvchi chiziqning uzunligi hamda tutash chiziqlar orasidagi gorizontal burchaklar o’lchanadi.


Bu usul ilgaridan ma’lum bo’lsa ham, invar simlar yordamida chiziqlarni o’lchash murakkabligi tufayli yaqingacha undan davlat goyedezik tarmoqlarini barpo etishda foydalanmay kelingan. Taxminan 20 asrning 60-yillaridan boshlab, geodezik ishlab chiqarishga aniq sveto-radiodalnomerlarning joriy qilinishi poligonometriya usulini rivojlantirdi va geodezik tarmoqlarni barpo etishda keng qo’llanila boshlandi. Bu usulning mohiyati quyidagidan iborat. Joyda cho’ziq yakka yo’l (3.4-shakl) yoki kesishuvchi yo’llar sistemasi shaklidagi yaxlit tarmoqni tashkil etuvchi geodezik punktlar mahkamlanadi. Yo’lning qo’shni punktlari orasidagi tomonlar uzunligi 𝑆𝑆𝑖𝑖 va punktlarda burilish burchaklari o’lchanadi. Poligonometrik yo’llarni aniqlanadigan yoki berilgan azimutlar yordamida azimutal oriyentirlash ularning oxirgi punktlarida yondosh burchaklar γ ni o’lchab amalga oshiriladi. Ba’zan yuqori klass aniqlikdagi geodezik tarmoqlarning koordinatalari ma’lum punktlari orasida poligonometrik yo’llar o’tkaziladi.
Poligonometriya usulida ham o’ziga yarasha kamchiliklar mavjud ular quyidagilardan iborat:
- poligonometriya tarmog’i, ayniqsa yakka yo’llari, triangulyasiya qatori yoki tarmog’iga qaraganda geometrik mustahkamligi kam qurilma hisoblanadi, chunki poligonometriyada punktlar orasida geometrik bog’lanishlar soni triagulyasiyaga qaraganda ancha kam (ikkala holatda punktlar soni bir xil bo’lishiga qaramasdan);

- ortiqcha o’lchashlar soni (shartli tenglamalar soni) triangulyasiyaga qaraganda ancha kam, shu sababli teng sharoitlarda triangulyasiyaga qaraganda poligonometriya tarmog’i aniqligi ancha past bo’lishiga olib keladi;


- daladagi o’lchashlarni nazorati triangulyasiyaga qaraganda yomon, chunki poligonometriyada punktlar soni triangulyasiyaga teng bo’lishiga qaramasdan shartli tenglamalar soni kam.
Yuqoridagi kamchiliklardan aytish mumkinki, geodezik tarmoqlarni yuqori aniqlikda barpo etishda poligonometriya usulining imkoniyati trianguyasiyaga qaraganda chegaralangan.
Poligonometriya ishlari quyidagi jarayonlardan iborat:
1) loyiha tuzish;
2) poligonometriya yo’llari punktlari va trassalar rekognossirovkasi;
3) belgilarning o’rnatilishi va markazlarning quyilishi;
4) burchaklarni o’lchash;
5) masofa o’lchash;
6) yuqori sinf va razryad davlat geodezik yo’llari punktlariga bog’lash
7) dala o’lchash natijalarini qayta ishlash;
8) taxminiy hisob-kitoblar va dala o’lchash natijalari aniqligini baxolash;
9) tenglashtirish hisoblari va olingan natijalarni aniqligini baholash;
10) katologlar tuzish;
11) texnik hisobot tuzish.
Loyihalashdan asosiy maqsad, berilgan topshiriqga javob beruvchi variantni tanlash va uni amalga oshirishda minimal ishchi kuchi va pul mablag’i talab etilsin.

Download 120.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling