Loyihalovchi (designer) -loyiha boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun buyurtmachi tomonidan shartnoma imzolagan loyiha-konstruktorlik kompaniyasi.
Loyiha boshqaruvi jarayonlari (project managemen tprocesses) - loyiha hayotining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan va boshqaruv sub’yektlari va
139
ob’yektlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri va teskari aloqalar orqali amalga oshiriladigan aniq harakatlar majmui.
Loyihani ishlab chiqish (elaboration) - loyihaning barcha bosqichlarida faoliyat turlari, usullari va yoʻnalishlarini ishlab chiqish jarayoni.
Loyihani amalga oshirish - loyihaning maqsadlariga erishishga qaratilgan chora-tadbirlar, ishlar va harakatlar majmui.
Natija- loyihada koʻrsatilgan talablarga javob beruvchi yaratilgan mahsulot yoki xizmat.
Loyihalarni boshqarish tizimi (LBT) - loyihalarni boshqarish jarayonlari va funksiyalarini avtomatlashtirish uchun ishlatiladigan kompyuter dasturiy mahsuloti.
Homiy (sponsor) - loyihani toʻliq yoki qisman moliyalashtirishni ta’minlovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Loyiha strategiyasi (projectstrategy) - loyihaning maqsad va vazifalariga erishish jarayonlari, harakatlar va natijalarini belgilaydigan uzoq muddatli hujjat.
Ishlarni taqsimlash tuzilmasi (work breakdowns tructure – WBS) - loyihaning
bir-biriga bogʻliq boʻlgan turli darajadagi detallari boʻyicha grafik ifodasidir. Loyihaning tuzilishi (projectstructure) - loyihani boshqarish jarayonini
samarali amalga oshirish uchun zarur va etarli boʻlgan asosiy qismlari (elementlari) hisoblanadi.
Xavfsizlikni boshqarish ((projectsafety management) - loyihani boshqarish funksiyasi boʻlib, u orqali loyihani amalga oshirish va korxona faoliyati, xodimlarning salomatligi va atrof-muhit muhofazasi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |