Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti
Moliyaviy tahlil va boshqaruv tahlili
Download 110.7 Kb.
|
Abduqayumova Muslima buxgalteriya kurs ishi
Moliyaviy tahlil va boshqaruv tahlili
Moliyaviy tahlil – korxonaning aktivlari, majburiyatlari, kapitali, moliyaviy natijalari, asosiy vositalari, pul oqimlari va ularning holati, tarkibi, o‘zgarishlarini ta’sir qiluvchi omillar hamda maxsus ko‘rsatkich- lar tizimi asosida tadqiq etish va o‘rganishdir. Mazkur tahlil turining maqsadi korxonaning moliyaviy holatini turli tomonlariga, barqarorligiga, moliyaviy salohiyat va raqobatdoshligiga baho berishdir. Moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari korxonaning mulki va uning shakllanish manbalari, moliyaviy natijalar, asosiy vositalar, pul oqimlari, xususiy kapital va ular bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarni o‘rganish- dir. Bunda korxonaning moliyaviy barqarorligi, holati, mol-mulk tarkibi, manbalarning joylashuvi, mablag‘lar harakatchanligi, to‘lov qobiliyati, foyda va zararlarning faoliyat turi hamda shakllanishi bo‘yicha, pul oqimlarining to‘g‘ri tashkil etilgani va uning korxona amaliy faoliyatiga mos kelishi, xususiy kapitalning ko‘payishiga ta’sir etayotgan omillar shu kabilarga e’tibor qaratiladi. Moliyaviy tahlilning axborot manbalarini moliyaviy hisobot shakl- lari va unga ilova qilingan rasmiy hujjatlar tashkil etadi. Mazkur turdagi hisobot shakllari ommaviy-axborot vositalarida ochiq e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunning 16-moddasi va 1-BHMSga hamda moliyaviy hisobot shakl- larini to‘ldirish buyicha qoidalarga asosan moliyaviy hisobot quyidagi hisobotlarning umumiy shakllaridan iborat bo‘ladi: 1. Buxgalteriya balansi – 1-shakl. 2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot – 2-shakl. 3. Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot – 3-shakl. 4. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot – 4-shakl. 5. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot – 5-shakl. Debitorlik va kreditorlik qarzi haqida ma’lumotnoma–2a-shakl. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati. Auditorlik xulosasi. Moliyaviy tahlil hisob tizimi bo‘yicha yetarli bilim va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi. Chunki tahlilchi hisob tizimining o‘ziga xos bo‘lgan barcha jihatlarini bilishi va amalda qo‘llay olishi shart. Mazkur tahlil turi kompleks tarzda yillik hisobotlar, xususan mo- liyaviy hisobotlar tuzilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Demak, ushbu tahlil davriy tavsifga ega. Moliyaviy tahlil korxona faoliyatida faqat moliyaviy holat, barqa- rorlik va shu kabi tomonlarni o‘rganishi bilan cheklanganlik tafsifiga ega. Chunki u korxona faoliyatining barcha tomonlarini qamrab ola olmaydi. Korxonani to‘g‘ri boshqarish belgilangan maqsadga erishishning ilmiy asoslangan yo‘lidir. Obyektlarda boshqaruv ta’sirini oshirish, uning samaradorligini ta’minlashda ko‘p turdagi vositalar bilan birga- likda iqtisodiy tahlil ham o‘zining o‘rni va ahamiyatiga ega. Xususan, hisob tizimida tahlil vositasida ma’lumotlar yig‘ilib, qayta ishlanadi hamda ularning foydaliligi oshirilib, qaror qabul qilish uchun ichki boshqaruvchilarga, menejerlarga, xodimlarga va boshqa shu kabilarga yetkazib beriladi. Boshqaruv subyektlari foydali ma’lumotlar asosida te- gishli qarorlar qabul qilib faoliyatni davom ettiradilar. Shu tarzda bosh- qaruv funksiyasi o‘z ilmiy asosiga ega bo‘ladi. Chunki, tahlil ma’lu- motlari asosida jarayonlar rejalashtiriladi, nazorat qilinadi, o‘zgartirish- lar kiritiladi yoki muvofiqlashtiriladi, natijalar aniqlanadi va istiqbollar belgilab boriladi. Boshqaruv tahlili – korxonada mablag‘lar va boshqa resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini, omillarini, imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi hamda qarorlarini qabul qilishda ilmiy asos bo‘ladigan faktlarni beruvchi tahlil turidir. Boshqaruv tahlilida tizimli tahlil kabi jarayonlar boshlanishidan tu- gashigacha, barcha omillar boshidan oxirigacha, muayyan ketma-ketlik- da, sabab-natija ko‘rinishida, tizimli yondashuv asosida, keng ko‘lamda statik holatda o‘rganilmaydi. Balki, jarayonlar davomi bilan boshqaruv obyektlari va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi asosiy hamda eng muhim omillar tizimli o‘rganilib, ular o‘zaro muvofiqlashtirib boriladi. Korxona iqtisodchilari, buxgalterlari hamda boshqa mutaxassis hamda xodimlari boshqaruv tahlilini amalga oshiradilar. Shu o‘rinda ta’- kidlab o‘tmoqchimizki, xo‘jalik subyektlarida rahbarlar va iqtisodchi- larning ham o‘z ishlariga ijodiy yondashuvi iqtisodiy tahlilni samarali tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi. Download 110.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling