Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti
I BOB. IQTISODIY TAHLILNING TURLARI
Download 110.7 Kb.
|
Abduqayumova Muslima buxgalteriya kurs ishi
I BOB. IQTISODIY TAHLILNING TURLARI.
Iqtisodiy tahlil va uni turlarga ajratish Xalqaro xo‘jalik tizimidagi jiddiy o‘zgarishlar, respublikamizda esa iqtisodiy islohotlar ko‘lamining, ham kengayib, ham chuqurlashib bori- shi, shuningdek, inqirozning milliy iqtisodiyotlarga ko‘rsatayotgan ta’- sirlari xo‘jalik subyektlari faoliyatini yanada obyektiv iqtisodiy tahlil qilish zarurligini talab qilmoqda. Bu esa iqtisodiy tahlil borasidagi ish- larni davr ehtiyojlari asosida takomillashtirish vazifasini yuzaga chiqar- moqda. Aynan shu paytning o‘zida raqobatdosh iqtisodiyotni shakllan- tirishga erishish mazkur masalaning dolzarbligi va uning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tezlashtirish in- novatsion yangiliklar va uni zudlik bilan amalda qo‘llash asosida bo‘la- di. Natijada mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona hamda samarali foydalanilib, turli xildagi yangi, arzon va sifatli mah- sulotlar ishlab chiqishga erishiladi. Mahsulotlar divertsifikatsiyasi tu- fayli bozordagi turli xil ehtiyojlarni qondirishga harakat qilinadi. Shu asosda maqbul foyda hajmiga erishish, moliyaviy holatni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish kabi ijobiy natijalar qo‘lga kiritiladi hamda korxonalarning raqobatdoshligi ta’minlanadi. Qayd etib o‘tilgan maqsadga erishish hamda vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishida xo‘ja- lik mexanizmining bo‘g‘ini bo‘lgan iqtisodiy tahlil muhim vosita bo‘lib ishtirok etadi. Iqtisodiy tahlil iqtisodiy axborot hamda ma’lumotlarini o‘rganib, ularni qayta ishlab korxona faoliyatini ilmiy asosda yo‘lga solib turadi. Biroq iqtisodiy munosabatlarda korxona murakkab tuzilish va faoliyatga ega bo‘lgan obyekt bo‘lganligi uchun u tahlil vositasida kompleks, tizimli, joriy, tezkor, istiqbolli, mavzuga qaratilgan va shu kabi jihatlar asosida o‘rganiladi. Chunki har bir yondashuvning obyektni alohida hamda birgalikda o‘rganishda o‘ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Tahlil uchun tanlab olingan muayyan yondashuv belgilangan maqsad va vazifalariga ko‘ra obyektning aniq, ishonchli, keng ko‘lamda hamda ilmiy asosda tadqiq etib, zarur xulosalarni beradi. Turli yodashuvlar esa o‘zaro biror-bir tahlil turi bajargan ishlarni aynan qaytarib bera olmaydi yoki bu borada jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Demak, korxonalar faoliyatini to‘liq va samarali o‘rganish uchun iqtisodiy tah- lilni turlarga ajratish hamda har bir tahlil turini to‘liq o‘rganish zarur ekan. Bu bilan iqtisodiy tahlilni analitiklik tavsifi yanada oshadi hamda boshqaruv maqsadlari uchun yetarli ma’lumotlarni yetkazib bera oladi. Iqtisodiy tahlilni turlarga ajratish zarurati zamirida boshqaruv funk- siyalari va ularning murakkabligi yotadi. Iqtisodiy tahlilni faqatgina bir belgi bo‘yicha turlarga ajratib o‘rga- nish murakkab tavsif kasb etadi. Chunki boshqaruv funksiyasi turlari- ning ko‘pligi iqtisodiy tahlilning ham turlicha bo‘lishiga ta’sir etadi. Shu sababli iqtisodiy tahlilning muhim jihatlaridan kelib chiqadigan umumiy belgi asosida tahlilni tasniflash mumkin. Iqtisodiy tahlil maqsad, vazifalar, mazmun, shakl, makon va zamon- ga ko‘ra, foydalaniladigan manbalar, kim tomonidan o‘tkazilishidagi uy- g‘unlik va yaxlitlik bo‘yicha turlarga ajratilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu jihatdan: – moliyaviy tahlil; – boshqaruv tahlili; – tezkor tahlil; – joriy tahlil; – istiqbolli tahlil; – kompleks tahlil; – tizimli tahlil; – funksional qiymatli tahlil; – mavzuga oid tahlil; – stoxastik tahlil; – determinallashgan tahlil; – marjinal tahlil; – solishtirma tahlil; – xo‘jalik faoliyati tahlili; – texnik-iqtisodiy; – ijtimoiy-iqtisodiy; – iqtisodiy-ekologik; – diagnostik tahlil; – ichki tahlil; – tashqi tahlil va boshqalar farqlanadi. Qayd etib o‘tilgan tahlil turlari korxona faoliyatini o‘rganish va boshqarishda o‘z ahamiyatiga ega. Download 110.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling