Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Madaniy-ma’rifiy binolarini loyihalash asoslari


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

 
Madaniy-ma’rifiy binolarini loyihalash asoslari 
Keyingi yillarda madaniy va ma’rifiy markaz binolarini qurish sohasida madaniy 
va ma’rifiy markaz faoliyatigagina xos bo‘lgan tadbirlarga (havaskorlar ijodiyoti, 
umumiy qiziqish bo‘yicha birlashish, o‘yin-kulgi bilan vaqt o‘tkazish) intilish 
sezilmoqda. 


109 
Yaqin orada tomoshabin sport inshootlari, kutubxonalar va boshqa dam 
olishga mo‘ljallangan muassasalarning yo‘qligi tufayli ko‘p qishloq joylarida 
klublarning unversal funksiyalari saqlanib qolgan. 
Shaharda ijodiy faoliyati (xalq ijodiy uylari, havaskorlar klubi), qiziqishlar 
bo‘yicha muloqot (turli sohadagi kolleksionerlar, avtomobil havaskorlari
pensionerlarning klublari, yoshlar uylari va h.k) va shunga o‘xshash faoliyatlarga 
ixtisoslashgan maxsus klub binolarini yaratishga ehtiyoj sezilmoqda. 
Hozirgi davrda diqqatga sazovor bo‘lgan madaniy va ma’rifiy markaz 
tiplaridan mujassamlashtirilgan madaniy va ma’rifiy markaz bo‘lib, u ikki qismdan 
iborat, biri – ommaviy ko‘ngil oluvchi (tomoshabin) qism va ikkinchisi – 
to‘garaklarga mo‘ljallangan (klub) qismi. 
 
Madaniy va marifiy markaz binolarini loyihalashda shaharsozlik talablari 
Madaniy va ma’rifiy muassasalar tarmog‘i ishlab chiqarish hududlari va tuman 
aholisini yashash, joylarini qamrab olgan joygacha qurish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi.
Madaniy va ma’rifiy markaz binosi qishloqning jamoatchilik markaziy binosi 
sifatida kompozitsiya element bo‘lganligi uchun ham uning funksiyasidan kelib 
chiqqan holda ajratilgan yer maydonida alohida yoki qo‘shma binolari bilan qo‘shilib 
yaxlit madaniy markaz bo‘lmoqligi kerak. 
Madaniy va ma’rifiy markazning uchastkasi shaharning jamoat markazi yoki 
yashash rayonining yashil zonasida qizil chiziqda joylashgan ko‘chalardan kamida 
12m masofada (uzoqlikda) 0,5ga dan ko‘p bo‘lmagan umumiy maydonga ega 
bo‘lgan holda quriladi. Uchastkada quyidagilar joylashadi: MMM majmuasi; 
mehmonlar uchun 20 – 25 j/m (20 – 25 joy / mashina) li avto turar joyi; MMM 
atrofida eni 3,0m dan kam bo‘lmagan halqali yurish yo‘li; d = 6m, chuqurligi h = 
2,4m bo‘lgan yong‘in xavfsizligi uchun suv sig‘imi (havzasi) – favvora; kursilar 
o‘rnatilgan dam olish zonasi – atrium tipidagi MMM kompleksiga qo‘shib 
quriladigan ichki hovlining tashkil etilishi ham ko‘zda tutilishi mumkin; ishlab 
chiqarish ustaxonasi va 4 j/m li garajga (shu jumladan ikkita avtobus) ega bo‘lgan 
xo‘jalik hovlisi; qolgan hudud yashil zonalar bilan kiriladi va suv oqimi yo‘liga 
qo‘shiladi. Bino oldiga favvoralarga, gulzorlarga, uzun kursilar qo‘yilgan kutish va 
dam olish maydonlariga ega bo‘lgan tantanavor avan maydonning tashkil etilishi 
albatta lozimdir, bundan tashqari 5 – 10 j/m ga mo‘ljallangan avtomobil va 


110 
avtobuslar uchun vaqtinchalik turar joylar ham (shahar ko‘chalari tomoniga tegishli 
bo‘lgan yo‘l zona polosasiga ko‘ndalang profilda) ko‘zda tutilishi taqazo etiladi. 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling