Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Balyasina – balyustadaning vertikal ustunchasi; 133 Barokko
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
Balyasina – balyustadaning vertikal ustunchasi;
133 Barokko – dekorativ serhashamligi, dinamikligi, shakllarning murakkabligi va qirralarining egri chiziqli ekanligi, manzarali tasvirlarga boyligi bilan ajralib turuvchi XVI asr oxiri-XVIII asr o‘rtalaridagi badiiy va arxitekturaviy uslub; Blok – seksiyali metod – uylarni industrial qurishning zamonaviy metodi. Bunda detallarning komplekti butun uy uchun emas balki uning bir qismi bir qancha kvartiralarni zinali –liftli tugun bilan birlashtiruvchi ya’ni blok – seksiya uchun tayyorlanadi. Turli blok – seksiyalarni kombinatsiyalar asosida birlashtirish orqali murakkab konfiguratsiyali, har xil qavatga ega bo‘lgan uylarni qurish mumkin. Ularni berilgan uchastka sharoitlariga osongina moslashtirish, ensiz to‘rtburchak shaklidagi an’anaviy uylardan ko‘ra ko‘proq arxitekturaviy badiiy sifatlarga ega. Vantlar – egilgan holda tortilgan qayishqoq elementlar odatda osma konstruksiyalarni (katta oraliqli yopilma, ko‘prik yoki magtilarni) mahkamlashda qo‘llaniladigan po‘lat troslar. Vitraj – shishadan yasalgan dekorativ kompozitsiya. Gotika soborlardan inter’er derazalarda rangli vitrajlar yorug‘likni turli ranglarda tovlantirgan. Zamonaviy arxitekturada “vitraj” so‘zi bino tarzining shisha bilan to‘liq qoplpnishini anglatadi. (Ko‘p hollarda konstruksiyalarda metall panjaralar). Gotika –XII asrda Fransiyada paydo bo‘lgan va o‘rta asrlarning oxirlarida butun G‘arbiy Yevropada keng tarqalgan arxitekturaviy uslub. Arxitekturaviy shakllarning vertikal ritmga bo‘ysunganligi bilan, qovurg‘a (nervyura)larda o‘rnashgan o‘tkir uchli gumbazlari bilan, toshga o‘yilgan naqshlari va haykalli bezaklari bilan ajralib turadi. Gotika soborida uchi o‘tkir gumbaz yordamchi ravoq arkbutanlar orqali tashqi ustunga (kontrfors)larga tayanadi. Dominanta – arxitekturaviy majmuaning bosh binosi; arxitekturaviy kompozitsiyaning vertikal aksenti. Daromadli uy (doxodnыy dom) – kvartiralardan tashkil topgan ko‘p qavatli ijaraga beriladigan uy. XIX asrning oxirida Moskva va Peterburgda kvartalning perimetri bo‘ylab zich joylashtirishga mo‘ljallangan quruq ko‘rinishidagi hovliga ega bo‘lgan daromadli uyning maxsus turi shakllangan. Kommuna uyi faol ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan turar joy binosi. Kommuna uyi 20-30 yillarda sovet arxitektorlari tomonidan “kelajagi porloq” turar joy turi deb loyiha qilingan. Kommuna uylari tarkibidagi minimal turar joy 134 yacheykalarining maydonlarini kamaytirish, tejash hisobiga ijtimoiy funksiyalarni bajaruvchi xonalar – oshxona, bolalar bog‘chasi va yaslisi, kir yuvish xonalari, klub xonalari, xo‘jalik xonalari va boshqalarning soni ko‘paytirilgan. Davr shuni ko‘rsatadiki, ongli turmushni kommuna uylari asosida “jamoat turmushiga” almashtirish g‘oyasi ham xayol bo‘lib chiqdi va amalga oshadi. Oltin kesim – AS kesimni ikki qismga shunday nisbatda bo‘lish nazarda tutiladiki, uning katta qismi AV kichik qismi VSga qanday nisbatda bo‘lsa ,AS kesimning o‘zi ham AV kesimga shu nisbatda bo‘ladi (ya’ni, AV:VS =AS:AV).Bu nisbat taxminan 5/3 ga teng, aniqrog‘i 8/3, 13/8 va h.k.. Oltin kesim qoidasi ko‘p hollarda arxitektura inshootining qismlari o‘rtasida mukammal muvozanatga yaqin nisbatlarni topish uchun qo‘llanadi. “Oltin kesim” atamasini Leonardo da Vinchi kiritgan. Download 7.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling