Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Interer – binoning ko‘rinishi. Konnelyura
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kariatida
- Karniz
- Konstruktivizm
- Kontrfors
Interer – binoning ko‘rinishi.
Konnelyura – ustun tanasidagi vertikal chuqurchalar, kannelyuralar ustun sifatida soyalar o‘yinini hosil qiladi. Kapitel – ustun (yoki pilistr) ning yuqori qismi bo‘lib,uning tanasi va gorizontal to‘sin – antablement o‘rtasida joylashadi. Kariatida – to‘sinli orayopmani ko‘tarib turuvchi ayol tanasi ko‘rinishidagi vertikal tayanch. Karkas – binoning yuk ko‘taruvchi asosi, alohida sterjenlar – tayanchlar va to‘sinlarni bir – birlariga bog‘lash natijasida hosil bo‘ladi. Karniz – antablimentning eng yuqori qismi, devorning bo‘rtgan gorizontal qismi bo‘lib, uni yomg‘ir suvidan saqlaydi va bino tomini ko‘tarib turadi. Klassitsizm – XVII – XIX asr boshlaridagi arxitekturaviy uslub; u antik arxitektura asosida shakllangan. Klassitsizmga sodda geometrik shakllar, tarhning mantiqiy yechimlari, simmetrik yechimlar, devorni orderlar tizimi bilan bog‘lash,bezaklarning vazminligi xos. Konsol – bitta uchi (oxirgi qismi) bikr mahkamlangan konstruksiya elementi bo‘lib, u tayanch chegarasidan chiqib turadi: undan binoning chiqib turadigan qismlarini (balkonlar, karnizlar, soyabonlar) ushlab turishda foydalaniladi. Konstruktivizm – sovet arxitekturasi va 1920 yillardagi san’at yo‘nalishi; u industrial ishlab chiqarish va mashinali texnologiya, oddiy (sodda), 135 mantiqli,funksional jihatdan maqsadga muvofiq formalar bilan xaraketerlanadi. Aka- uka L.A. Vesenin va A.A. Vesenin, M.Ya.Ginzburg, I.I.Leonidov konstruktivizmning taniqli namoyondalaridir. Ular Zamonaviy Arxitektura jamiyati a’zolari bo‘lishgan. Kontrfors – devorning veritikal chiqib turuvchi qismi yoki inshootni yopib turuvchi svodiarning yon tirgaklaridan tushadigan yuklarni qabul qiladigan vertikal tayanch. Kybizm – XX asr boshlaridagi tasviriy san’atning modernistik oqimi. Rassom – kubistlar (musavvir-kubistlar) uchun formal eksprimentlar xarakterli bo‘lib, bu eksprementlar hajmli formallarning tekislikda konstrutsiyalashuvchi, real hayotda uchraydigan murakkab formallarning oddiy geometrik hajmlar (kub, konus, silindr) ga ajratilishi (yoyilishi). Kubistlarning tajribalari XX asrning boshlaridagi g‘arb arxitekturasining rivojiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Metop – to‘g‘ri burchakli plitalar bo‘lib, doritik order frizali trigliflari (uchli gliflari)ning takrorlanishidan tashkil topgan bezaklar bilan qoplangan. Modern – XIX asr oxiri – XX asr boshlari arxitekturasidagi uslubiy yo‘nalish. U yangi texnik – konstruktiv vositalar, barcha elementlari yagona arnamental ritm va obrazli–simvolik g‘oyaga bo‘ysunadigan individuallashgan bino yaratish uchun erkin loyihalash bilan uzviy bog‘langandir. Fransiyada bu uslub “ar nuvo” (“yangi san’at”) nomi bilan, Germaniyada – “yuvendstil” (“yosh stil”), Avstriyada – “setsession” (“rassom”) nomi bilan rivojlangan va keng tarqalgan. X. Van de Velde (Belgiya), P.Olbrix (Avstriya), Ch.R. Makintosh (Angliya), A. Gaudi (Ispaniya), O.N. Shextel (Rossiya). Modulb – Inshoot va uning qismlari o‘lchamlarining karrali nisbatlarini ifodalash uchun qabul qilingan boshlang‘ich o‘lchov birligi. Quyma beton (temirbeton)–bevosta qurilish maydonida bajarilib, yechiladigan formaga (opalubkaga )quyilishi orqali bir butun holatda hosil qilinadigan konstruksiya. Download 7.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling