125
Madaniy va ma’rifiy markaz binosining konstruktiv yechimi
Binoning iqtisodiy jihatdan tejamli, ekspluatatsiya qilishda qulay bo‘lishligi
bir jihatdan uning tanlangan konstruktiv uskunalarga ham bog‘likdr.
Qurilishga mo‘ljallangan xududda avvalo mavjud bo‘lgan
xomashyolardan
maksimal tarzda va qolaversa zamonaviy qurilish homashyolaridan maksimal tarzda
foydlanishni taqozo etadi.
Madaniy va ma’rifiy markaz binosi 7-9 darajali zilzilasimonlik talablarii
hisobga olgan holda loyiha kilinishi lozim. Madaniy va ma’rifiy
markaz barcha
konstruktiv yechimi yopilma qurilish elementlari hamda fazoviy qurilmalardan qay
darajada foydalanganligiga bog‘liq.
Binoning ustunlar oraligi 6x6, 9x9, 12x12, 12x18, 18x24 m bo‘lishi mumkin.
Agarda madaniy va ma’rifiy markazning zali keng oraliqli bo‘lsa, kesma-sterjenli,
osma yopilmalar, fermalardan, quyma temirbetondan
va rama tipidagi temirbetn
uskunalardan foydalanish ham mumkin. Binoning tashqi
va ichki devorlari ham
zamonaviy industriya xomashyolaridan qo‘llangan holda bajariladi.
Qavatlar orasi hamda tomni g‘ovakli (quvurli) temirbeton plitalar bilan yoki
monalit (yaxlit quyma betonlar)dan foydalanish mumkin.