Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

Eslatma: Ko‘p zalli teatr uchun artistlar xonalarning soni va yuzalari 
belgilangan tartibga ko‘ra loyihalashga berilgan topshiriq asosida belgilanadi. 
Artistlarni sahnaga chiqish oldidan kutish xonalarini sahna bilan yonma-yon 
joylashtirish kerak(sahna harakatlari oltinchi plandagi zonasida), ko‘pzallik 
teatrlarda esa har bir namoyish kompleksi oldida. 
Mashq zallarining soni va o‘lchamlarini 2 jadvalga ko‘ra belgilash kerak.
Eslatma: Katta mashq zalining proporsiyalari, shakli va o‘lchamlari shunday 
olinishi kerakki, unda sahnali hamda sahnadan eng kamida 7m uzoqlikda zal o‘qi 
bo‘ylab rejisserning ish o‘rnini joylashtirish mumkin bo‘lsin. Katta mashq zalidagi 
sahnaning statsionar poli zal polidagi eng ko‘pi bilan 0,9m balandlikda bo‘lishi 
shart. Stansionar planshetning shakli ko‘rinishda (konfiguratsiyada) asosiy zalning 
sahna, avanssena va orkestr xonasi bilan birgalikdagi dam olish zonasining sxemasi 
takrorlanishi kerak.
Maksimal varianti asosiy zal sahnasining teng bo‘lgan doirani joylashtirgan 
o‘lchamlarini va doira diametrini 2 – 1m ga kamaytirishga ruxsat beriladi.
V) Katta mashq zalning sahna balandligini kolosnikli konstruksiyani 
joylashtirish uchun 3,31 ilovaga binoan ko‘tarish mumkin. Kichik mashq zalining 
balandligi 4,2m dan bo‘lmasligi, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalarini esa 3,3ga 
teng bo‘lishi kerak.
Repetitsiya zallari artistlar xonalari yaqinida joylashishi shart. 
Yong‘inning oldini oluvchi post – dispetcher xonasi sahna yuzi balandligida 
yoki bir qavat quyida, tashqi eshik yoni zinapoya oldida joylashishi zarur. Bu 


97 
xonaning eni 3,5m dan kam bo‘lmasligi kerak. Uni tabiiy yorug‘lik bilan ta’mirlash 
muhim ahamiyatga ega.
Sahnaga xizmat qiluvchi xonalar uchdan ortiq qavatlarga taqsimlangan bo‘lsa, 
odamlarni tashiydigan liftni o‘rnatmoq zarur bo‘ladi. 
G. Ishlab chiqarish xonalari va yordamchi omborlar. 
Teatrning ishlab chiqarish xonalari va yordamchi omborlari, qoida bo‘yicha 
teatr binosi uchastkasi doirasida uning yaqinda joylashtiriladi. Ba’zi hollarda esa bu 
xonalarni teatrning asosiy binosida joylashtrish mumkin.
Shaharda bir nechta teatr mavjud bo‘lsa, ular uchun markazlashgan umumiy 
ishlab – chiqarish ustaxonalari qurish tavsiya etiladi. 
Rangtasvir – dekorativ uchtaxonalarining o‘lchamlari 12-jadval asosida 
aniqlanadi. 
12 – jadval 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling