Toshkent arxitektura-qurilish universiteti muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti


Download 1 Mb.
bet2/13
Sana04.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1323657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Xursanov A korxona kursavoy final 24.02.2023

Temirbeton konstruksiyalar — temirbetonlai tayyorlangan elementlar va ularning birikmalari. Tayyorlanish usuliga ko‘ra, monolit (yaxlit), yig‘ma va yig‘makuyma xillari bo‘ladi. Temirbeton konstruksiyalar yangi paydo bo‘lgan davrlarda (19-asr oxiri, 20-asr boshlari) monolit varianti kengtarkaldi. 20-asr o‘rtalaridan boshlab yig‘ma Temirbeton konstruksiyalar ham paydo bo‘la boshladi. Endilikda qurilishni yig‘ma Temirbeton konstruksiyalar k. siz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Monolit Temirbeton konstruksiyalar poydevorlar, gidrotexnika va meliorasiya inshootlari, rezervuarlar, suv bosimi minoralari, bunker va silos minoralari qurishda ishlatiladi. Ayniqsa, zilzilabardosh imoratlarni qurishda juda qo‘l keladi, chunki poydevor, ustun, to‘sin va yopmalarning yaxlit holda ishlanishi binoning zilzila bardoshligini ta’minlaydi.
Yig‘ma Temirbeton konstruksiyalar k. ixtisoslashgan zdlarda, mexanizasiyalashgan ochiq poligonlarda yoki qurilish maydonlarida tayyorlanadi va inshoot kuriladigan joyga tashib keltirilib, ko‘tarish kranlari vositasida yig‘iladi (montaj qilinadi). Yig‘ma Temirbeton konstruksiyalar k. ning monolit konstruksiyalardan afzalligi shundaki, qolip tayyorlash uchun ketadigan mehnat va yog‘och sarfi bir necha marta qisqaradi (O‘zbekistonda yog‘och kamligi uchun buning ahamiyati katta), qurilish muddati kamayadi va narxi ham ancha arzonlashadi, konstruksiyalarning sifati ortadi.
Metall va yog‘och konstruksiyalarga nisbatan yigma Temirbeton konstruksiyalar chidamliligi, olovbardoshligi hamda zanglashga chidamliligi bilan farqlanadi. Sanoat, uyjoy va fuqaro qurilishi uchun temirbeton qoziqlar, poydevor bloklari, ustunlar, to‘sinlar, ferma elementlari, tom, orayopma va devor panellari, kranosti to‘sinlari, zinapoya marshlari va maydonchalari, balkon va karniz plitalari, deraza va eshik o‘rni panellari, sarbasta (tepadon), deraza osti plitalari va boshqa ishlab chiqariladi. Sanoat binolarining 85% ini yig‘ma Temirbeton konstruksiyalar tashkil etadi. Yo‘ltransport qurilishi uchun temirbeton shpallar, ko‘priklarning yig‘ma elementlari, yo‘lovchi va yuk tashish platformalari detallari, oqova suv quvurlari va ariqlari, avtomobil yo‘llariga to‘shaladigan yig‘ma plitalar va boshqa ishlab chiqariladi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling