- Gilli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qo’shilmalar qo’shib, qoliplash va kuydirish yo’li bilan olinadigan buyumlar va materiallar keramik materiallar deb ataladi.Qurilishda keramik materiallar va buyumlardan devorlar qurish va bino tomlarini yopish, pol, devor va fasadlarni qoplash, pechga va tutun trubalarini terish, kanalizatsiya va drenaj qurish hamda boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. Keramik buyumlar yasaladigan material keramika texnologiyasida keramik sopolak deb ataladi.
- Konstruktsiyasi jixatidan mo’ljallangan bo’yicha keramik materiallar va buyumlar quyidagi guruxlarga bo’linadi:
- devorbop (g’isht, keramik toshlar, g’ishtdan qilingan bloklar va panellar);
- tomlar uchun (ichi ko`k toshlar, keramik toshlardan qilingan balkalar, tombop qoplama panellar, cherepitsa);
- binolar fasadini qoplash uchun (keramik gisht va toshlar, fasad plitkalari);
- binolar ichiga qoplash uchun (sirlangan plitkalar va fason detallar, pol uchun plitkalar);
- kanalizatsiya va drenaj trubalari;
- sanitariya-texnika buyumlari (rakovina, unitaz, yuvish bakchalari va boshqalar);
- kislota bardoshli buyumlar (gisht, plitkalar, trubalar);
- yul materiallari (gishtlar, toshlar);
- issiqlik o’tkazmaydigan (g’ovakli ichi bo’sh g’ishtlar va toshlar);
- yengil betonlar uchun to’ldirgichlar (keramzit, agloporit);
- olovga bardoshli buyumlar (g’isht va fason buyumlar).
Sirlangan qoplama materiallarga quyidagilar kiradi: - Sirlangan qoplama materiallarga quyidagilar kiradi:
- Sirlangan guldor sopol
- Sirlangan koshinlar(devorbob va polbob) Koshin, parchin, kafel — binolar, kaminlar va pechlar sirtiga qoplash uchun maxsus pishirilgan sirkor yupqa sopol pint skichipni taxtacha. K. maxsus loylan qoliplarga quyib tayyorlanadi, xumdonda 1150° gacha temperaturada pishiriladi;
- Silikat-keramikaga asoslangan sirlangan spool
Do'stlaringiz bilan baham: |