Toshkent arxitektura va qurilish universiteti qurilish mexanikasi
b). Ichki kuchlarning haqiqiy bajargan ishi
Download 202.99 Kb.
|
Rustamov Sherzod 112-21 guruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sterjenlarning barcha qismlari bo‘yicha ichki zo‘riqishlarning bajargan to‘la haqiqiy ishi
b). Ichki kuchlarning haqiqiy bajargan ishi
Har qanday elastik sistemada tashqi yuklar ta’siridan uning ko‘ndalang kesimlarida ichki zo‘riqish kuchlari M, Q, N va deformatsiyalar hosil bo‘ladi. Tashqi kuchlar ta’siridagi elastik balkadan (16.4-rasm, a) cheksiz kichik dx uzunlikdagi bo‘lakchani ajratib olib (16.6-rasm, a), uni tekshiramiz. Bu elementning chap va o‘ng tomonlaridagi tashlab yuborilgan qismlarning ta’sirini ichki zo‘rikish kuchlari: eguvchi moment MX, ko‘ndalang kuch QX va bo‘ylama kuch NX bilan almashtiramiz. Bu holda ichki zo‘riqishlar MX, QX va NX butun sterjenga nisbatan ichki kuchlar bo‘ladi. Lekin ajratilgan elementga nisbatan ular tashqi kuchlar vazifasini o‘taydi. Ichki zo‘riqish kuchlari ajratib olingan elementning tegishli deformatsiyalarida bajargan elementar ishini aniqlaymiz. 1. Bo‘ylama N kuch ta’sirida uzunligi dx elementni tekshiramiz. Elementning chap tomonidagi kesimni qo‘zg‘almas qilib mahkamlab, uning o‘ng tomoniga bo‘ylama kuch ta’sir ettiramiz (16.6-rasm, b). ( 16.2) ga asosan: . Guk qonuniga binoan , bu erda EA - sterjen ko‘ndalang kesimining cho‘zilish va siqilishdagi bikrligi. U holda bo‘ylama kuchning dx element deformatsiyalanishida bajargan ishi: . (16.4) 2. Eguvchi momentning bajargan ishini qaraymiz (16.6-rasm, c). , bu erda EI-sterjen ko‘ndalang kesimining egilishdagi bikrligi. (16.2) ga asosan eguvchi momentning dx element deformatsiyalanishida bajargan elementar ishi: . (16.5) 3. Ko‘ndalang kuch Q ning bajargan ishini qaraymiz. Elementning chap qismini mahkamlab, uning o‘ng qismidagi dF yuzaga urinma zo‘riqish kuch t×dA ni ta’sir ettiramiz (16.6-rasm, d). U holda bo‘ladi. D.I.Juravskiy formulasiga asosan , bu erda, Sz - statik moment, - ko‘ndalang kesimning eni. t×dF urinma zo‘riqishlar ta’sirida elementning chekka qismlari bir-biriga nisbatan miqdorga siljiydi. Q zo‘riqishning bu ko‘chishda bajargan ishini (16.2) ga asosan: yoki , (16.6) bu erda , h - sterjen ko‘ndalang kesimining shakliga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient. Masalan, to‘g‘ri to‘rtburchak uchun h = 1.2; doira uchun h = 1.18 ga teng. Shunday qilib, element ichki zo‘riqish kuchlarining bajargan elementar to‘la ishi: (16.7) Sterjenlarning barcha qismlari bo‘yicha ichki zo‘riqishlarning bajargan to‘la haqiqiy ishi: (16.8) Download 202.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling