Toshkent arxitektura va qurilish universiteti


Download 0.71 Mb.
bet2/4
Sana08.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1463632
1   2   3   4
Bog'liq
suhrob falsafa

Falsafa tarixida ilk bor kategoriyalani Arastu ta’riflagan. Uning “ Kategoriyalar” asarida ularni turkunlashtirishga harakat qilgan. Xususan uning quydagi kategoriyalari mavjud: Keyinchalik Arastu “Metafizika” asarida “mohiyat” “holat” va “munosabat” kategoriyalarini ham izohladi.


Mohiyat
Miqdor
Sifat
Munosabat
~Orin
Vaqt
Holat
Mavqe
Harakat
Azobuqubat

Arastu (mil av 384-348)

Aflotun shogirdi, Iskandar Zulqarnay ustozi bo’lgan. U

fizika, teatr, mantiq, ritorika,

siyosat, etika, biologiya hamda zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan. 367 yilda Afinaga borib Platon akademiyasida tahsil oldi, 20 yoshida uning ishlarida ishtirok etdi

Arastugacha Yunonistonda ko’proq politika va ritorika fanlari sistemalashgan edi. Keyinchalik falsafa o’z qonun, tamoyil, kategoriyalariga ega fan bo’ldi. Sharqda esa Farobiy, Beruniy, va inb Sinolar bu fani rivojlantirdi.

Kategoriya haqida ta’limotni ishlab chiqishda Gegelning ham xizmati katta. U kategoriya haqida keng va murakkab ta’limot tizimini yaratgan. Har bir inson o’z faoliyatida o’zgacha shakllangan kategoriya yordamida ish tutadi. Kategoriya metodologik va dunyoqarash mazmuniga ega bo’lib insonga borliqning mohiyatini, insonning borliqda tutgan o’rnini to’g’ri bilib olishga yordam beradi.

Gegel (1770-1831)

Gegel o’z ta’limotida butun G’arb falsafasi rivojining yakuni, deb hisoblagan bo’lsada, aslida uni yangi davr Yevropa falsafasi taraqqiyotning so’ngi yuqori bosqichi deyish mumkin. Falsafiy ta’limotda barcha tabiiy va ijtimoiy hodisa hamda jarayonlarning tubida “olamiy ruh” “olamiy aql” “mutloq ruh” “mutloq g’oya” deb atalmish mavhum ruhiy ibtido borligini asoslashga harakat qilgan.

Falsafa faning kategoriyalari haqida turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quydagi tavsiflar bor: 1. Obyektiv voqealikning in’ikosi; 2. Narsa va hodisalarning o’zaro bog’lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3. Narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o’zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4. Borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy – mantiqiy bilish darajalaridan biri; Ko’pchilik mutaxassislar kategoriya olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo’shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat, va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling